• Nazorat savollari
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    II BOB BO`YICHA XULOSA
    1. Bolalarni teatr san'ati vositalari bilan axloqiy-estetik tarbiyalash, ularni
    axborot qabul qilish, tushunish va harakatlarni izohlash ko'nikmalarini
    shakllantiruvchi ifodali til bilan tanishishga ko'maklashadi. 
    2. Sahnalashtirilgan faoliyat bilan shug`ullanish bolalarga nafaqat ertaklar
    vositasida atrof-olamni o`rganish va bilish, balki u bilan uyg`unlikda yashash, turli
    faoliyat shakllaridan zavq olish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan
    teatrlashtirilgan faoliyatni amalga oshirish uchun predmet- makonni tashkil qilish
    katta ahamiyatga ega.
    3. Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo`yicha
    ishlarning zarur shakllari belgilangan bo`lib, ular uchta: tashkiliy, amaliy va
    yakunlovchi bosqichni o`z ichiga oladi.
    4. MTTda sahnalashtirish va ijodiy faoliyat mashg‘ulotlarini to‘g‘ri yo‘lga
    qo‘yish va tashkil etish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkilot
    musiqa rahbari (rejissyor) va tarbiyachi hamkorligi to‘g‘ri tashkil etilishi
    muhimdir. MTT musiqa rahbari nafaqat bayram tadbirlari yoki sahnalashtirish
    mashg‘ulotlarini tashkil etadi balki tarbiyachi-pedagoglarga bu borada uslubiy
    yordam beradi.
    5. Мaktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini o’tkazish vaqti
    belgilanmagan, ushbu faoliyatni pedagogik jarayon mazmunidan kelib chiqib
    35


    tashkil etiladi. Boshqa mashg’ulotlarga chegaralangan tartibda qo’shilishi
    (musiqa, tasviriy sa’nat va h.k.) mumkin, shuningdek haftalik mashg’ulotlar
    jadvalining ona tili va atrofdagi olam bilan tanishish mashg’ulotlarida maxsus
    rejalashtirish mumkin.
    Nazorat savollari: 
    1. Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo`yicha
    ishlar necta bosqichda amalga oshiriladi? 
    2. Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo`yicha
    tashkiliy bosqichda amalga oshiriladigan ishlar nimalardan iborat? 
    3.Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo`yicha
    ishning yakunlovchi bosqichida amalga oshiriladigan ishlar qaysilar?
    4. MTTda sahnalashtirish faoliyati mashg‘ulotlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
    va tashkil etish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkilotning qaysi
    xodimlari hamkorligi muhim hisoblanadi?
    5. МТT turli yosh guruhida sahnalashtirish hududini loyihalashtirishda
    nimalarga e`tibor qaratiladi?
    6. Sahnalashtirish mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilishga oid qanday
    uslubiy tavsiyalar mavjud?
    7. MTTda turli yosh guruhlarida sahnalashtirish mashgulotlarining
    davomiyligi qancha?
    8. Yakka tartibdagi yoki umumiy guruh tayyorgarlik mash`gulotlari haftada
    necha marta tashkil etiladi?
    36



    Download 2,47 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish