YEVROPADA
Fransiya - “Polishinel”
Rossiya - “Petrushka”
Belgiya-“Pushenelenkel`der”
Angliya-“Panch”
Italiya - “Pulchinella”
Gretsiya- “Sayor”
JANUBI-SHARQIY OSIYODA
Eron - “Shabbozi”
Hindiston - “Kahpultli”
Xitoy - “Sayansi”
Yaponiya - “Yotura Bunrakuken”
O`zbekistonda
O`zbekistonda Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan tashqari barcha viloyatlarda davlat qo`girchoq
teatri tashkil etilgan.Ulardan Samarqanddagi qo`girchoq teatri Asror Jo`rayev, Andijondagi
qo`girchoq teatri “Lola” nomi bilan ataladi.
MAQSAD
Dunyo qo`girchoq
teatrlarida
O`zbek milliy merosidagi
qo`g`irchoq teatrlarida
Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoda
mamlakatlari ilmiy amaliyotida qo`girchoq
teatri vositasida jamiyatda yashash
mazmuni va estetik zavqni shakllantirish
Xalq yaratgan ogzaki ijodiyotga hurmat
hissini paydo qilish, inson va hayvonlarga
mehr uygotish va go`zallikni ko`ra bilish
Qo`girchoq teatrida namoyish qilinadigan tomoshalar orqali bolalarda “yaxshi” va
“yomon” tushunchalarini farqlashga o`rgatish hamda ahloqiy, ma`naviy va estetik
tushunchalarini tarbiyalash
Bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etish,sabr, chidamlilik, boshlagan ishni
nihoyasiga yetkazishga o`rgatish
Har bir qo’g’irchoq teatri o’ziga xos va mos milliy xarakterga ega. Dunyo
sivilizatsiyasi tarixida barkamol insonni tarbiyalash vositasi sifatida quyidagi
qo’g’irchoq teatrlari tashkil etilgan:
42
O`zbek tilida «o’yin» so’ziday ma`nosi ko’p so’z bo’lmasa kerak. Artistning
mahorati, harakati, texnikasi bilan sahnaviy tomosha shaklida yuzaga keladigan
masxarabozlik, raqs, dorbozlik, ayiq ilon o’ynatish, yog’och oyoq tomoshalari kabi
xalq teatrining barcha ko`rinishlari bir so’z bilan «o’yin» deb, mazkur
san`atlarning namoyondalari esa “o’yinchi” deb yuritilgan.
Shuningdek professional qo’g’irchoq teatri ham «qo’girchoq o’yin» deb,
qo’g’irchoqboz «o’yinchi» deb atalgan. Bunda «o’yin» so’zi iste`dod bilan
amalgam oshirilgan tomosha, san`at, ijrochilik ma’nosini beradi.
Qo’g’irchoq o’yin bilan masxarabozlik o’rtasida ko’pgina umumiylik bor.
Masxarabozlar o’z tomoshalarida niqob ishlatganlarida go’yo qo’g’irchoqqa
aylanadilar, chunki goh qotib, goh jonlanib turuvchi sahnaviy qo’g’irchoqlar
vositalarini ishga solishga majbur bo’lishgan.
Shu o’rinda mashhur rus qo’g’irchoqbozi Y.V.Speranskiyning quyidagi
so’zlarini eslab o’tish joizdir: «Oddiygina karnaval niqobini kiygan odam, yarim
qo’g’irchoq deganday gap. Agar buning ustiga u aktyor bo’lsa, qo’g’irchoqbozga
aylanadi, chunki u jonsiz niqobni jonlantirishga harakat qilar ekan «qo’g’irchoq»
usuli bilan yaxshiroq o’ynaydi».
43
Masxarabozlar niqobsiz o’ynagan paytlarida ham qo’g’irchoq teatriga yaqin
turganlar. Kelib chiqishi, mehnat va turmush sharoiti, usta-shogird munosabatlari,
jamiyatda tutgan o’rni, vazifa muddaolari bilan ham masxarabozlar va
qo’g’irchoqbozlar qondosh, hamkor-u hamdast bo’lishgan. Shu sababdan osongina
masxaraboz qo’g’irchoqbozga karfarmonlik qilib, qo’g’irchoqboz
masxarabozlarning tomoshalariga aralashib ketaverganlar.
Ammo bu bilan biz masxarabozlar teatri bilan qo’g’irchoqbozlar teatrini bir
san`at demoqchi emasmiz. Ular o’rtasida zikr qilingan yaqinlik bilan bir qatorda
jiddiy spetsifik ayirmalar borligini unutmaslik kerak.
Qo’g’irchoq teatri xususiyatini belgilovchi asosiy farq shundan iboratki, agar
boshqa qahramonlar qiyofasida aktyorlarning o’zlari ko’rinsa, bunda ijrochilar
tomoshabinlarga pinhona qolgani holda qo’g’irchoq-qahramonlar namoyon
bo’ladi. Bu olamda qo’g’irchoqbozday kamtarin, insofli, odamshavanda artist
bo`lmasa kerak.
Zotan u o’z qaddi-qomati, aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etishdan
mahrum. Butun qobiliyati, bilimi, hatto hissini latofatli qo’g’irchoqqa bag’ishlaydi.
Ana oliyjanoblik!
Lekin shu narsani ham qayd qilib o’tish lozimki, qo’g’irchoqboz bir
tomondan o’zligini to’la ko`rsatolmay jabrlansa, ikkinchi tomondan dramatik
aktyorga nisbatan bir qancha afzallik va imtiyozlarga egadir. Chunonchi,
qo’g’irchoq teatri uchun bo’y, qaddi-qomad, yosh, jismoniy kamchilikning
ahamiyati bo’lmagani sababli bunda qobiliyati to’g’ri kelsa, yoshi o’tgan aktrisa
qizcha rolini zavq bilan o’ynayveradi. Oriq ijrochi semiz qo’g’irchoq personajni,
pakana-alp qomatni, qiz-cholni, bola-kampirni bemalol olib chiqaveradi.
Qog’irchoq teatrining sharti shu: xohlagan rolingni o’ynayver, istedoding,
mahorating, ijodiy harorating va shavqing bo’lsa bas. Ikkitagina qo’g’irchoqboz
muvaffaqiyat bilan ko’p personajli katta bir spektaklni namoyish qilishi mumkin.
Darhaqiqat, qo’g’irchoq teatri ajoyib va g’aroyib, ta`sirli san`at. Uning
jozibadorligi, tomoshaviyligi va qandaydir sodda go’zalligi «mo’jizali» tabiatga
44
ega bo‘lishidadir. Ha, qo’g’irchoqbozlik-mo’jizali san`at turi. Jonsiz zabonsiz
oddiy qogirchoqlar vositasida inson hayoti, boshqalarga munosabati, axloqi,
badiiy haqqoniy va jozibali qilib namoyish etilishi mo’jiza emasmi, axir!
Qo’g’irchoqboz – mo’jizakor. U qo’g’irchoqlarni harakatga keltirib, ularga hayot
bag’ishlab, odamlarga qanchadan- qancha ma`naviy oziq va kuch in`om etadi.
Boshqa paytda oddiy bolalar o’yinchog’idan kam farq qiladigan qo’g’irchoq
qog’irchoqboz qo’liga tushgach, jonlanadi, aql paydo qiladi, rosmana jismoniy
hayot bilan yashay boshlaydi: kuladi, yig’laydi, iztirob chekadi, urishadi, o’ynaydi,
kuylaydi. Mana shu mitti artistlar hayot va inson jumboqlari ustida bosh
qotiradilar. Sevgi va sadoqat, do’stlik va muruvvat, rostg`oylik va halollik haqida
hikoya qiladi. Ko’z oldingizda ana shu zayl mo’jiza sodir bo’ladi.
U sizni sehrlaydi siz rostakam odamlar harakat qilayotganday tomoshaga
berilib ketasiz, voqeaga ishonasiz, hayratlanasiz, lol bo‘lasiz. Ammo bu –
g’ayritabiiy bir kuch hosil qilgan karomat emas, qo’g’irchoqboz mahorati, iste`dod
mahsuli, san`at sehridir.
Qo’g’irchoqbozlar el-yurtga ozor bergan, g’am kulfat keltirgan zamon
zo’ravonlarini tanqid qilish hamda turmushdagi ayrim qoloqliklar, egriliklar
ustidan kulish bilan xalq uchun zarur bo`lgan katta ijtimoiy va estetik vazifani
bajarib kelganlar.
Ammo ularning muddaosi qanchalik ulug’ va sof bo’lmasin ulamolar
qo’girchoq teatrini «shayton oyin», qo’g’irchoqbozni «olloh ishiga qo’l urgan
shakkok va diyonatsiz», degan uydirma gaplarni tarqatib kelgan. O’tmishda
olimlarimizning qo’g’irchoq teatriga yetarli e`tibor bermaganliklarining boisi ham
shundadir. Qo’g’irchoqchilar san`ati ilk bor O’rta Osiyo xalqlari tarixi va
etnografiyasi bilan qizg’in shug’ullangan rus olimlarining diqqatini o`ziga tortdi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmida rus etnograflari
N.P.Ostroumov va N.S.Likoshin ma`lumotlari qimmatli bo’lib, ular o’zbek
qo’g’irchoq teatrining «Chodir jamol» va «CHodir xayol» degan ikki turdan iborat
ekani haqida yozadilar.
13
13
M. Qodirov, S.Qodirova. “Qo`girchoq teatri tarixi”. “Talqin” Toshkent-2006. 35-bet
45
Ammo rus etnograf olimlari N.P.Ostroumov va N.S.Likoshinlar ham
qo’g’irchoq teatri bilan mashg’ul bo’lmaganlar.
O’zbek qo’g’irchoq teatri bilan maxsus shug’ullangan kishi bu rus havaskor
etnografi Pyotr Aleksandrovich Komarovdir. Shu sababdan biz uni shu san`atning
birinchi tadqiqotchisi deb atasak bo’ladi. Ammo 1906-1909 yillarda qo’g’irchoq
teatrini o’rganish va sahnaviy qo’g’irchoqlar Kolleksiyasini to’plash ishida
fidoyilik ko’rsatgan bu ajoyib insonning xizmatlari ko’p vaqt tegishli baho
olmasdan keldi. P.A.Komarov xizmatlarini aniqlash maqsadida uning
Leningraddagi (Sankt-Peterburg) etnografiya muzeyida saqlanayotgan
qo’g’irchoqlar kolleksiyalari, shuningdek, rus imperator muzeyi etnografiya
bo’limining bosh xizmatchisi Konstantin Aleksandrovich Inostrantsev bilan olib
borgan yozishmalari batafsil o’rganib chiqildi.
Ma`lum bo’lishicha Komarov Toshkentda tug’ilgan. Chimkent uyezdining
shimoli-sharqiy uchastkasida sug’orish ishlari mudiri vazifasida ishlagan.
Bo’sh vaqtlarida o’zbek xalq san’atini o’rganishga kirishgan va bu qiziqish
uni O’rta osiyo xalqlari etnografiyasining yirik vakili Abubakr Axmedjanovich
Divayev bilan yaqinlashuv va do’stlashuvga olib keldi.
Divayev Komarovning Leningrad etnogrofiya muzeyi bosh xizmatchisi
K.A.Inostrantsev bilan ilmiy aloqasini yo’lga qo’yishiga yordam beradi.
K.A.Inostrantsev muzey xazinachisi sifatida R.A.Komarovga sahnaviy
qo’g’irchoqlar kolleksiyasini yig’ishni topshiradi. Komarovning Inostrantsevga
yozgan hatlarida quyidagilarni o’qish mumkin:
«Qo’g’irchoq teatri hozirgi shaharlik tuzemlar hayotidan butunlay ketdi,
uning nochor qoldiqlarini chet va hilvat joylardan qidirishga to’g’ri keladi. Uni
o’rganishga o’n besh yilcha burun kirishmoq lozim edi. Menga notanish
qo’g’irchoqbozlarning shubha, ishochsizligini bartaraf etish uchun tanish
tuzemlarni taklif qilish va ularga ikki so’mdan besh so’mgacha haq to’lab turishga
to’g’ri keladi. Men shu choqqacha bevosita ma`muriyat yordamiga murojaat
qilmadim, aralashuv bilan butun ishning pachavasini chiqarish mumkin.
46
Bir so’z bilan material yigish tajribasi menga shu qadar ko’p turli-tuman
to’siqlar bilan hisoblashish lozimligini ko’rsatdiki, Toshkentda tug’ilib o’sgan
bo’lsam ham ularni uchrataman deb o’ylamagandim. Necha bor hafsalam pir
bo’lib qo’lim ishga bormay qoldi» Ammo qiyinchiliklar Komarov irodasini
bukolmadi. Qunt va chidam bilan o’z ishini davom ettirdi va oldiga qo’yilgan
vazifani sharaf bilan bajardi. Komarov o’zbek sahnaviy qo’g’irchoqlarining to’rt
kolleksiyasini yig’ib, muzeyga jo’natishga muyassar bo’ldi:
1. Chimkent kichik qo’g’irchoq teatri. Chimkentda katta masjid mahallasida
yashovchi qo’g’irchoqboz Saidazimxo’ja Islomxo’jayevdan sotib olgan.
Kolleksiya 18 ta qo’g’irchoqdan iborat.
2. Sayram kichik qo’g’irchoq teatri.Sayramda yashovchi Tursunmuhammad
Matkarimovdan sotib olingan. Kolleksiya 6 ta qo’g’irchoqdan iborat.
3. Toshkent kichik qo’g’irchoq teatri. Toshkentda Sebzor dahasining
Xo’japaroshkon mahallasida yashovchi qo’g’irchoqboz Orifjon Otajanovdan
sotib olingan. Kolleksiya 10 ta qo’g’irchoqdan tashkil topgan.
4. Toshkent katta qo’g’irchoq teatri. Bu kolleksiya ham Orifjon Otajanovdan
sotib olingan bo’lib, 47 ta qo’g’irchoqdan iborat bo’lgan. Xullas,
P.A.Komarov 37 ta qo’l qo’g’irchoq “Chodir jamol” va 47 ta “Chodir
hayol” teatri qo’g’irchoqlarini sotib olgan, ya’ni 1906-1907 yillarda
Toshkent shahri va Chimkent uyezdida harakatda bo’lgan qariyb barcha
qo’g’irchoqlarni qo’lga kiritgan. Shu o’rinda P.A.Komarovning o’zbek
qo’g’irchoq teatri qiyofasini avlodlarga saqlash yo’lida jon kuydirgani,
fidokorlik qilganini alohida takidlash lozim.
Qo’g’irchoq teatri jahondagi ko’p xalqlarda qadim zamonlardan buyon
qadrdon. Qo’g’irchoq teatrining muhim tarixiy xususiyatlaridan biri shuki, u Osiy
va Yevropada to XX asrgacha asosan an`anaviy shakllarda yashab kelgan. Turli
mamlakatlar qo’g’irchoq teatrlari orasida juda ko’p umumiylik, o’xshashlik va
yaqinlik ham shundan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Barcha tadqiqotchilar va
amaliyotchilarni G’arbiy Yevropa, slavyanlar va Osiyo xalqlari qo’g’irchoq teatri
47
qahramonlarining o’xshashligi qiziqtirib keladi. Agar italyanlarning Pulchinello,
ruslarning Petrushka, turklarning Karago’z, forslarning Paxlavon Kachal va
o’zbeklarning Polvon Kachalini yonma-yon qo’ysangiz, ular tashqi qiyofa
jihatidan ham, xulq-atvor jihatidan ham o’xshashliklaridan hayratga tushasiz. Qirra
burun, katta og’iz, boshida uchiga qo’ngiroq osilgan qalpoq harakat va holatlardagi
yaqqol shartlilik barchasi uchun xos.
Polvon Kachalning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi uning hamisha
xushchaqchaq va sho’xligidan darak beradi.
Ular barcha xalqlarda o’zlarining ajabtovur sarguzashtlari, tadbirkorligi,
quvnoqligi va o’tkir hazillari bilan shuhrat qozongan.
Mazkur qahramon Yevropaga Osiyodan o’tgan degan qarashlar mavjud.
Darhaqiqat qo’g’irchoq tomoshasi Osiyoning mumtoz mamlakatlarida paydo
bo’lib keyinchalik Eron va Italiya orqali Yevropaga tarqalgan. O’rta Osiyo
jumladan O’zbekiston ham ko’prik vazifasini o’ynagan bo’lishi ehtimoldan holi
emas. Chunonchi o’zbeklarning Polvon Kachal komediyasi bilan ruslarning
Petrushka tomoshalari o’rtasidagi bir qadar yaqinlik va umumiyliklar shunga
ishora qiladi
O’zbek qo’g’irchoq teatrining vujudga kelishini olib qaraganimizda, bunda
ikki manba muhim va hal qiluvchi rol bajarganini ko’ramiz. Birinchi manba
O’zbekiston hududida yashagan qadimgi animistik e`tiqodga tayanuvchi
halqlarning marhumni eslash marosimi deb hisoblanadi. Mazkur marosimga ko’ra
o’lgan kishining eng yaqin odami uning niqobini yasab kiyadi va marhum
harakatlari, nutqi va muomalalarini tiklashga urinadi. Niqob bazan boshga
kiyilmasdan qo’lga ushlanganicha harakatlantirilgan. Bunday paytda ijrochi ham
marhum ham o’z rolini bajargan va o’ziga xos dialog hosil qilgan. Ushbu marosim
o’zbek qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishiga zamin tayyorlagan.
14
Qo’g’irchoqbozlarning risolasi ham fikrimizni quvvatlaganday:
14
M. Qodirov, S.Qodirova. “Qo`girchoq teatri tarixi”. “Talqin”. Toshkent-2006. 61-bet.
48
“Qo’g’irchoq devlar va parilar podshosi
Hazrati Sulaymon
payg’ambarimizning vaqtida bo’lgandir. Ul kishining Hudhud degan qush elchilari
bor edi, bir kun ul xabar berdi: «Men bir katta shaharni ko’rdim, lashkarlari ko’p,
podshosining bir qizi bor ko’p xushro’y, ani olib kelsangiz ko’p ulug’ ish bo’lur
edi» dedi.
Anda hazrat Sulaymon ul podsho bilan urishib, lashkarlarini ham o’zini ham
o’ldirib tugatdilar, qizini olib keldilar. Ul qizning oti Guna edi. Bir kun shayton
kelib aytdi:
«Ey Guna otangni Sulaymon o’ldirdi, endi otangni suratini qildirib olgin,
otangni ko’rgandek bo’lasan. Anda ul qiz Xazrati Sulaymonga «Otamni suratini
qildirib bering» deb yalindi. Ul kishi suratchi top, qildirib beray dedilar. Anda
Shayton darrov suratchi talqinida kelib, otasi, lashkarlari va sarkardalarining
suratini qilib berdi, qachonki ul qiz otasini ko’rgusi kelsa, shayton kelib ul
suratlarni ip bilan yurgizib o’ynatib berar erdi. Anda ul qiz otasini ko’rgandek
bo’lar erdi».
Risola qo’g’irchoq tomoshasining paydo bo’lishini Sulaymon davriga
bog’laydi, ijodkori shayton deb ta’riflaydi. Bu albatta afsonadan boshqa gap emas.
Risola islom aqidalari va talablariga mos holda yozilgani sababli qo’g’irchoq
o’ynatishning kelib chiqishi diniy ruhda talqin qilingan. Keltirilgan parchada bizni
qiziqtirgan narsa shuki, qo’g’irchoq marhumni eslash uchun o’ylab topilgan degan
fikrni o’ziga xos tarzda e`tirof etadi.
Zamonlar o’tishi bilan marhum qiyofasini gavdalantirish marosimi o’zining
dastlabki vazifasi va mazmunidan uzoqlashdi. Niqoblar xalq orasidan yetishib
chiqqan iste`dodli kishilar masharabozlar qo’liga tushib, marosim oddiy
tomoshaga aylandi.
V-VII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari sahna san’ati jumladan qo`girchoq
teatrida juda katta yutuqlarga erishgani haqida ma`lumotlar uchraydi. Iqtisodiy va
madaniy jihatdan taraqqiy etgan Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz va Toshkent kabi
shaharlardan chiqqan san`atkorlar Buyuk ipak yo’lidagi karvonlarga qo’shilib ikki
49
yo’nalishda sharq va garb yo’nalishida faoliyat ko’rsatgan. VII-VIII asrlarda O’rta
Osiyoning arablar tomonidan istilo etilishi san`atning tushkunlikka yuz tutishiga
olib keldi.
Har qanday tasvir (sur`at, haykal, qo’g’irchoq) ta`qiqlandi, tasviriy san`at va
haykaltaroshlarning noyob asarlari bilan to’lib toshgan qasrlar, koshonalar yer
bilan yakson qilindi. Natijada rassomchilik qo’lyozma kitoblar orasiga kirib ketadi,
haykaltaroshlik o’yinchoq va tumorga aylanadi, niqobdorlar teatridagi
qo’g’irchoqlar kichrayib masxaraboz qo’g’irchoqboz qo’liga o’tadi. Biroq buni
xalqning aql zakovati, istedodi yengib chiqadi: san`at o’lmaydi u yangi tarixiy-
ijtimoiy sharoitlarga moslashgan holda yashashni davom ettiradi. Boshqa san`atlar
kabi qo’g’irchoq teatri ham yashash uchun kurashdi. Chunki ulamolar qo’g’irchoq
o’yini «Shayton o’yini» deb, iloji boricha uni yo’q qilishni istaganlar. Ammo
qo’g’irchoqbozlar ustalik qiladilar, kasbni qonunlashtiruvchi risola yozdirib olib,
tomosha ko’rsatish huquqiga ega bo’ladilar.
IX-XII asrlarda qo’g’irchoq teatri nisbatan mo’tadil rivojlanib, san`atning
boshqa turlari qatoridan mustahkam o’rin egallaydi.
Ammo XIII asrda mo’g’ullar istilosi, boshqa sohalarda bo’lgani kabi,
qo’g’irchoq teatri taraqqiyotiga ham kuchli zarba bo’lib tushdi. Bu paytda teatr
g’oyaviy badiiy tushkunlikka uchragan. Lekin XIV asr boshidan keskin jonlanish
yuz bergan. Undagi mifologik syujetlar va afsonaviy qahramonlar o’rnini hayotiy
voqealar va konkret shaxslar qiyofasi egallay borgan. Shu tarzda qo’g’irchoq teatri
fosh etuvchi satirik qiyofaga kira boshlagan. Bu davrda «Chodir jamol» va «Fonus
xayol» deb ataluvchi, qo’g’irchoq yasash va uni o’ynatishda, shuningdek tomosha
mazmuniga ko’ra bir-biridan keskin farq qiluvchi tur keng taniladi. Ammo keyingi
asrlarda ijtimoiy hayot taqozosi ostida qo’g’irchoq teatri va uning turlarida keskin
o’zgarishlar yuz beradi. Hayotiy voqelik asosida yaratilgan asarlar ya`ni «Chodir
jamol» va «Chodir xayol» qo’g’irchoq teatrlari mofologik va epik repertuarlarni
«Fonus xayol» teatrini siqib chiqara boshlaydi. Tomosha texnikasining ogirligi va
ko’proq saroy muhiti bilan bog`langanligi tufayli «Fonus xayol» iste`moldan chiqa
boshlaydi.
50
XVIII asrda qo’g’irchoq teatrida biroz jonlanish yuz bergan. Ayniqsa, XIX
asr boshidan uning satirik turi o’tkirlashib, voqelikni aks ettirish borasida jiddiy
muvaffaqiyat qozongan va ijtimoiy hayotda tobora salmoqliroq o`rin egallay
boshlagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o’zbek qo’g’irchoq teatri ikki turdan
iborat bo’lgan. 1906 yilda bu to’g’rida P.A.Komarov shunday yozgan edi: «Avvalo
shuni bilish kerakki, bu yerdagi tuzem artistlari qo’g’irchoq teatrini ikkiga
ajratishadi biri «Chodir jamol» ikkinchisi «Chodir hayol». «Chodir jamol», ya`ni
qo’l qo’g’irchoq tomoshalari kunduzi ko’cha-ko’yda bo’lib, har qanday sanqi
ko`rishi mumkin; chunki har kim ham haq to’layvermaydi, qo’g’irchoqboz kim
nima bersa shunga ko’nib ketaveradi. Bu yerda «Jamol» so’zi bir tomondan
tomoshaning kunduzi yorug’likda ko’rsatilishiga, ikkinchidan tomoshada xayol
afsona emas, balki kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanganiga
ishora qiladi.
«Chodir» so’zi esa, ham sahna ham teatr ma`nosini beradi. Demak «Chodir
jamol» bu kishilarning kundalik hayotidan olingan voqealarni qo’lga kiyib
o’ynatiladigan qo’g’irchoqlar yordamida kunduzi aks ettiruvchi o’ziga xos teatrdir.
«Chodir jamol» sahnasi ko’pincha qizil yoki sariq rangli matodan xaltasimon qilib
tikilgan bo’lib, chodir deb atalgan. O’yinchi uning ichiga kirib quyi tomonini
beliga bog’lab oladi, yuqori tomoni esa oshiq-moshiqli bolorcho’p, ostona, ikkita
yon cho’p va tirgovuchlar yordamida sahna tusini olgan. Qo’g’irchoqboz o’zi
ko’rinmasdan o’tirgan yoki tik turgan holda chodir ichida tikilgan cho’ntakda
taxlanib yotgan qo’g’irchoqlarni navbati bilan chiqarib o’ynatadi.
Komaro
vning
«Chodir
jamol
» teatri
51
kolleksiyasida hammasi bo’lib, 18 ta personaj bo’lgan. Kolleksiyadagi
qo’g’irchoq personajlar: Polvon Kachal, Bichaxon oyim (Puchiqxon oyim) va
boshqalar.
|