§ 7. Qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/54
Sana17.11.2023
Hajmi2,47 Mb.
#100402
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

§ 7. Qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy 
ahamiyati.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: 
Epizod, grim, premyera, repititsiya ,
komponent, audio, etyud.
Ta'lim jarayonida pedagog bola shaxsi va uning ma'naviy ehtiyojlarini, har
tomonlama qondirishga yo'naltiradi. Bolalarni teatr san'ati vositalari bilan axloqiy-
estetik tarbiyalash ularni axborot qabul qilish, tushunish va harakatlarni izohlash
ko'nikmalarini shakllantiruvchi ifodali til bilan tanishishiga ko'maklashadi.
Sahnalashtirish faoliyatining o`ziga xosligi – o`yin (erkinlik, beixtiyorlilik) va
55


badiiy (tayyorlangan, ongli ravishda his etib ko`rilgan) komponentlarni
birlashtirishidir.
Sahnalashtirilgan faoliyat bolalar nutqini rivojlantirishda muhim vosita
bo`lib, bolaga ona tilidagi ifoda vositalarini o’zlashtirishga yordam beradi,
mustaqil fikrlashga bo’lgan intilishni paydo qiladi, artikulyatsiya apparatini
rivojlantiradi, dialogik va emotsional boy nutq shakllanadi.
Asar mazmunini tushunib olish, mantiq va voqealar ketma-ketligini tizib
chiqish yanada takomillashib, nutqiy muloqot elementlari rivojlanishiga yordam
beradi (mimika, jest, pantomimika, intonatsiya, ovozning modulyatsiyasi) va
ijtimoiy xulq-atvor shakllanishiga imkon beradi.
Sahnalashtirilgan faoliyatda ijodiy faollik orqali bolalar nutqini
rivojlantirishda tarbiyachi dasturiy metodik majmualar tizimini ishlab chiqishi,
nutqni rivojlantirishga oid innovatsion va rivojlantiruvchi texnologiyalarni
qo’llashi va ota-onalarni birgalikdagi teatrlashtirilgan faoliyatga jalb etish lozim.
15
Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda
tarbiyachi quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi:
• Individual imkoniyatlarga asoslangan o’qitish texnologiyasi;
• O’yin texnologiyalari;
• Integrativ (uyg`unlashgan) ta’lim texnologiyasi;
• Oila bilan hamkorlik texnologiyasi;
• Muammoli vaziyatlarga yechim topishga o’rgatish texnologiyasi; 
Ijodiy izlanishni tashkil etishda tarbiyachiga bolalar bilan quyidagi
o`yinlarni tashkil etish taklif etiladi: 
• Audio yozuvlarni tinglash;
• Xo`r yoki individual kuylash;
• Telefonda so’zlashuv;
• Chizish va applikatsiyalarning noan’anaviy usullari;
15
https://moluch.ru/conf/ped/archive/22/2098/
56


• Ertaklardan rasmlar tayyorlash;
• Relaksatsiya;
• Musiqaterapiya.
Sahnalashtirilgan ijodiy faollikda bolalar nutqini rivojlantirish uchun
tarbiyachi quyidagi mashqlardan foydalanishi mumkin:
• Artikulyatsiya mashqlari;
• Tez aytishlar;
• Plastik etyudlar; 
• Mimikali etyudlar;
• Topishmoqlar;
• Tasavvurdagi mashqlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan sahnalashtirilgan
o`yinlar bolalar nutqi shakllanishida muhim pedagogik vosita hisoblanib, bu
jarayonni to`gri tashkil etish tarbiyachidan ko`plab bilim va mehnatni talab qiladi.
Quyida turli yosh guruhlarida ertak sahnalashtirish jarayonida tarbiyachi ahamiyat
beradigan jihatlariga to`xtalib o`tamiz. 
Bolalar bilan ertak sahnalashtirishning asosiy bosqichlari:
1. Sahna asarini tanlash va uni bolalar bilan muhokama qilish.
2. Pyesani epizodlarga bo’lish va ularni bolalar tomonidan so’zlab berilishi.
3. Etyud ko’rinishidagi alohida epizodlar bilan ishlash.
4. Sahna sharoitida nutqning ifodaliligi va o`zini tabiiy tutish ustida ishlash.
5. Alohida ko’rinish (dekoratsiya) va musiqa jo’rligida repititsiya qilish.
6. Spektaklning ilk taqdimoti (premyerasi). 

Download 2,47 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 7. Qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy

Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish