• Qo`l qo`g`irchoqlari
  • Katta qo`g`irchoqlar
  • Soyali teatr.
  • Qo`g`irchoq-marionetkalar




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Qo`g`irchoq-marionetkalar. Marionetka teatri qahramonlari ham turli
    materiallardan yasaladi. Detallarni yumshoq o`yinchoq tayyorlash qoidasi bo`yicha
    andozaga qarab tikish mumkin. Andoza matoga qo`yiladi, bo`r bilan chizib
    chiqiladi, bichiladi, qiyin bo`lmagan detallar tikiladi. Bunday qo`g`irchoqlar bir-
    biriga ko`ndalang qilib chalishtirilgan ikki iplar yordamida harakatga keltiriladi.
    72


    Qo`l qo`g`irchoqlari. Ularning harakat uslubi shundaki, ular qo`lga kiyiladi.
    Ko`rsakich barmog`iga – qo`g`irchoqning boshchasi kiyiladi, bosh va o`rta
    barmoqlar qo`llar vazifasini bajaradi. Ular uchun detallar (karmoncha, fartukcha,
    belbog`cha) bilan bezatilgan ko`ylaklar tikiladi. 
    Boshchalarni matodan tayyorlash mumkin. Bosh uchun aylana qirqib
    olinadi, uning perimetri bo`ylab ipga yig`iladi, asta tortiladi, paxtaga to`ldiriladi va
    oxirigacha tortib qo`yiladi. Kichik sharcha ko`rinishidagi buruncha ham xuddi
    boshni qilgandek yasaladi; sochlar iplardan, turli matolardan tayyorlanadi. 
    harakatlanadi.
    Katta qo`g`irchoqlar (bola balandligiga qarab) yapaloq yoki hajmli bo`ladi
    (ularni porolondan qilgan ma`qul). Bola bo`ynining orqasidan qo`g`irchoqning
    boshiga mahkamlangan tasmalar bog`lanadi, bel orqasidan (fartuk kabi)
    bog`langan tasmalar esa
    qo`g`irchoqning
    belbog`iga
    qotiriladi. Bola qo`g`irchoqning
    73


    qo`llari va oyoqlariga tikilgan rezinkalarni kiyib, o`zining bilaklari va to`piqlariga
    mahkamlaydi.
    Tayoqqa o`rnatiladigan katta qo`g`irchoqlar. Bosh asosiy tayoqga
    qotiriladi, qo`llar esa alohida tayoqchalar (yoki qalin simlar) yordamida
    harakatlantiriladi. Boshlari pap`e-mashedan, matodan qilinadi. Ko`ylaklar tasma,
    lenta, aplikatsiya bilan bezaladi. Ular ko`ylakka yopishtiriladi yoki tikib qo`yiladi. 
    Soyali teatr. Ijrochining qo`li – personajning gavdasi, o`rta va bosh
    barmoqlar – oyoqlari tasvirlanadi.
    «Jonli» soyalarni o`z qo`llaringiz yordamida yaratishingiz mumkin. Bunda
    harakatlar ifodali va aniq bo`lishi kerak, ijrochilar bir-birini yopib qolmasligi
    lozim.
    Lampa ekran markazining ro`parasidan joylashadi. Ekrandan lampagacha
    masofa ekran enining uzunligiga teng, bc masofasi x ga teng bo`lishi kerak. C
    nuqtadan to`g`ri planka (taxta) yordamida tepaga perpendikulyar tortishi,
    plankaning balandligi AB masofadan kam bo`lmasligi kerak. Uchburchak chizgich
    yordamida plankani c nuqtaga vertikal qo`yamiz, unda ab ga teng masofa
    qoldiramiz. Ekran markazi ro`parasidagi nuqta a
    1
    – lampa. 
    Ekran istalgan yarimshaffof material (mato,(chizma, rasmdan nusxa olishda
    ishlatiladigan shaffof qog`oz yoki gazlama)dan tayyorlanishi mumkin. Faneradan,
    kartondan qilingan ramkaga oddiy parda kabi tortiladi, uning orqasidan nur
    manbayi o`rnatiladi.
    Proyeksion fonarlar (filmoskopning 12 voltli, avtomobil farasining 6
    voltli)da qo`llaniladigan chiroqlar (100 Watt) yordamida soyalarni katta ekranda
    (2x1,5 m) ko`ramiz. Lampani fanera yoki tunukadan qilingan qutiga joylashtiriladi,
    qutining ichi qora bo`yoqqa bo`yaladi. 
    20
    20
    Генов Г.В. Теневой театр для самых маленьких. М.: Учпедгиз, 1961. С.95
    74



    Download 2,47 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish