1. Qo`g`irchoqni shirma (parda)ga nisbatan ma`lum
darajada ushlash talab
etiladi. Pardaning chetiga taqab qo`yilgan qo`g`irchoq o`z balandligining ¾
qismichalik ko`tarilib turishi lozim.
2. Qo`g`irchoq harakatlarni amalga oshirayotgan paytda uning qo`llari
gavdasiga taqalib turishi kerak.
3. Qo`g`irchoqni to`g`ri (tikka) ushlash kerak. Uning egilishi qo`l panjasining
egilishi bilan amalga oshiriladi. Qo`g`irchoqning beli qo`lning bilagiga
to`g`ri keladi.
4. Qo`g`irchoqni ikkinchi planga chiqarishda uni balandroq ko`tarish kerak.
5. Qo`g`irchoqni o`tqazish uchun avvalo bilakni bukib qo`g`irchoqni egish
kerak, keyin u o`tiradigan joyiga bilakni suyash kerak. O`tirgan qo`g`irchoq
turishi uchun u avval oldinga egiladi, gavdasini to`g`irlaydi va bir vaqtning
o`zida gavdasi to`g`rilanguncha biroz ko`tariladi. Agar qo`g`irchoqning
oyoqlari bo`lmasa, uni shirma chetiga o`tqizishda, tasavvurdagi tizzalar
o`rniga pastdan bo`sh qo`llarni qo`yiladi. Qo`llar qo`g`irchoq kiyimi bilan
berkitiladi.
6. Qo`g`irchoqlarning harakati va so`zlari ma`lum
bir diqqat obyektiga
qaratilgan bo`lishi lozim.
7. Gapirayotgan qo`g`irchoq bosh yoki qo`l harakatlari yordamida, eng muhim
so`zlarga o`tirganlarning e`tiborini qaratishi kerak.
8. Bitta qo`g`irchoq gapirayotganda qolganlari qimirlamasligi lozim: aks holda
so`zlar kimga tegishli ekani tushunarsiz bo`lib qoladi.
9. Aktyorning xarakteri qo`g`irchoqqa berilishi kerak.