• V BOB BOLALARNI IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI § 10. Ijodiy faoliyatga o`rgatishning maqsad va vazifalari
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    «K» harfiga so`zlar
    1. Ekrandagi voqealar haqida so`zlovchi san`at turi?
    2. Barglari yo`q- shitirlaydi, ko`ylak emas- tikilgan, оdam emas- hikoya qiladi.
    3. Musiqa, vokal va raqs tomoshalarining sahnada ijro etilishi
    4. Hajviy asar.
    Javoblar: 1. Kino. 2. Kitob. 3. Kоnsert 4. Kоmediya
    К
    К
    К
    К
    «А» harfiga so`zlar
    83


    1. Spektakl haqida e`lon.
    2. Ijrochi sifatida sahnaga chiquvchi odam.
    3. Spektakl harakatlari o`rtasidagi tanaffus.
    4. Ijodiy mehnat mahsuli.
    Javoblar: 1. Аfisha. 2.Аrtist. 3. Аntrakt. 4.Аsar
    .
    А
    А
    А
    А
    Теаtrga oid kasblar
    1. Теatr postanovkasi uchun pyesalarni kim yozadi?
    2. Аrtistning pardozi bilan shugullanuvchi teatr ishchisi?
    3. Spektaklga kim musiqa bastalaydi?
    4. Spektakl sahnalashtirishning bosh rahbari?
    5. Тоmosha vaqtida aktyorlarga so`zlarni aytib beruvchi tеаtr ishchisi?
    6. Теatrda birga ishlaydigan sahnadosh?
    Javoblar: 1.Dramaturg. 2.Grimyor. 3.Bastakor. 4.Rejissyor. 5.Suflyor.
    6. Аktyor.
    84


    V BOB
    BOLALARNI IJODIY FAOLIYATGA O`RGATISHNING
    MAQSAD VA VAZIFALARI
    § 10. Ijodiy faoliyatga o`rgatishning maqsad va vazifalari
    Bolalar ijodiyoti va uning o’ziga xos tomonlarini tushunish pedagoglardan
    ko’pgina bilimlarga ega bo’lishni talab etadi. Pedagog san`atda bu faoliyat qanday
    xarakterga ega, rassom badiiy obrazni yaratishi uchun qanday vositalardan
    foydalanayapti, uning ijodiy faoliyatining bosqichlari qanday degan savollarga
    javob bera olishi kerak. Bolalar atrof-olam bilan tanisha borish jarayonida ularni
    o’z faoliyatlari ya`ni o’yinlari, chizgan rasmlari, loy ishlari, hikoyalarida aks
    ettiradi. Bolalar tasviriy faoliyatda atrof-olamdan olgan taassurotlarini,
    tasavvurlaridagi timsollarni turli-tuman materiallardan va aniq shakllar yordamida
    tasvirlashga harakat qiladi. Bolalar ijodiyotida ijodiy faoliyatning boshlang’ich
    bosqichida o’ziga xos xarakter xususiyatlari mavjud. 
    Ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining vazifasi maktabgacha ta`lim tashkilotida
    bolalarni qo`l mehnatiga, badiiy mehnatga qiziqishlarini uyg’otish, mehnat orqali
    hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirish; maktabgacha yoshdagi
    bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash va kasbga yo’naltirish;
    bolalarda ijodiy ko’rgazmalar, o’yinlar uchun atributlar yasashga xohishlarini
    uyg’otish; qog’oz, karton kabi materiallarning xususiyatlari bilan tanishtirish;
    mehnat qilish madaniyati malaka va ko’nikmalarini tarbiyalash; buyumlarni
    tayyorlash jarayonini rejalashtirish, tayyorlash texnologiyasini o’rgatish,
    mahsulotni tejash, buyumlari qoralamasining eskizini va suratini chizishga ish
    joylarini tartibli saqlashga o’rgatish; bolalarni buyumlar yasash jarayonida oddiy
    85


    asboblardan foydalanishga o’rgatish hamda badiiy didlarini shakllantirishga, vaqtni
    tejay olishga, maqsadga muvofiq ishlashga odatlantirishdir.
    21
    Bolalarda ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishida tasviriy faoliyat turkumiga
    kiruvchi mashg’ulotlarning o’rni beqiyos ekanini e`tirof etgan holda bunday
    mashg’ulotlar ularda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirilishiga ham
    tamal toshini qo’yishi shubhasizdir.
    Bolalar rasm, appalikatsiya, loy ishi, qirqib-yelimlash mashg’ulotlari
    davomida nafaqat biror ish bilan ma`lum muddat band bo’ladilar, balki yuqorida
    aytib o’tganlarimizga qo’shimcha ravishda ularda quyidagilar rivojlanadi va
    shakllanadi:
    - tasviriy san`at sohasiga doir qobiliyatlari aniqlanadi va shakllantiriladi;
    - qalam, mo’yqalamni ushlash, loy, plastilin bilan ishlash, qaychida ayrim
    narsalarni qirqib -yelimlash orqali mayda qo’l mushaklari rivojlanadi;
    - bola yozuv texnikasini egallashga tayyorlanadi;
    - bola tasviriy faoliyat mashg’ulotlari orqali diqqatini bir joyga taqsimlay
    olishni va ishini oxiriga qadar bajarishni, o’tira olishni o’rganadi;
    - tabiatni, atrof-olamni kuzatish, uni asrab-avaylash, ardoqlash, unga nisbatan
    to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi;
    - jamoa bo’lib mehnat qilish, ishni rejalashtira olish, o’rtoqlarini eshita olish
    va o’zaro fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalari
    shakllanadi;
    - xalqimizning boy madaniy-ma`naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga
    ega bo’ladi va ularni o’z ishlarida ifodalashga o’rganadi.
    21
    Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. D.Azimova. “Ustaxonada amaliy mashg’ulot”. “Cho`lpon”, T. 2010y. 4-bet 
    86



    Download 2,47 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish