• Lagan yasash.
  • Konus shaklida qo`girchoq yasash usuli.
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    § 13. Pape-mashe usuli.
    «Pap`e-mashe» kelib chiqish tarixiga ko`ra, Fransiyada ixtiro qilingan.
    «Pap`e-mashe» so`zi fransuz rassomining ism sharifidan olingan. Rassom qo`lda
    g’ijimlash orqali qo`goz va xamirni aralashtirib, plastilinga o`xshash massa hosil
    qiladi va shu massadan turli xil shakllar yasaydi.
    Pap`e-mashedan o`yinchoq yasash usuli uzoq vaqt davom etadigan jarayon
    hisoblanib, bu usulda jihozlar yasash davomida talabalar haykaltaroshlikning
    barcha usullaridan foydalanadi. Pap`e-mashe usulida massa tayyorlashning bir
    nechta turi bo`lib quyida bularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
    Lagan yasash.
    Kerakli jihozlar: suv shimadigan qogoz; suv; massa tayyorlash uchun idish;
    vazelin yoki plyonka; PVA yelim; qum qogoz kerak bo`ladi.
    Suvli idishga qogozni ivitib, oldindan massa tayyorlab olamiz, lagan sirtiga
    vazelin surtamiz yoki plyonka qo`yib chiqamiz. Oldindan tayyorlangan massani
    lagan sirtiga tekis qilib surtib chiqamiz, navbatdagi qogoz qavati esa boshqa qogoz
    bo`laklariga PVA yelim bilan yopishtiramiz. Bu holat 6 yoki 8 marotaba
    takrorlanadi. Bir kun mobaynida yaxshi quriganidan so`ng, lagan sirtidagi qo`goz
    qolip ajratib olinadi, qogozning ichki qismi qum qogoz bilan tekislanib, unga
    xohlagan rasm nushasini tushirish mumkin.
    25
    Konus shaklida qo`girchoq yasash usuli.
    Kerakli jihozlar: Massa tayyorlash uchun idish; suv shimadigan qogoz; Pva 
    ylimi; qum qogoz; bo`yoq (guash); maydalangan bo`r;
    Avval qo`girchoqning boshi yasaladi, buning uchun pufakni shishirib
    dumaloq shakl hosil qilamiz. Sharning sirtiga suvda namlangan qogoz bolaklarini
    bir tekis joylashtirib chiqamiz, ustidan PVA yelimini surtib, qolgan qog`oz
    bo`laklarini ham yelimlaymiz. Bu holat 6 yoki 8 marotaba takrorlanadi. Ustki
    qavati tekis bo`lishi uchun oldindan maydalangan bo`r yelim bilan aralashtirilib
    surtib chiqiladi. Yasalgan shar bir kun mobaynida quriydi. Qurigandan so`ng
    25
    Халезова Н.Б., Курочкина Н.А., Пантюхина Г.В., «Лепка в детском саду». Просвещение. М., 1986. С.102
    102


    qo`girchoqning yuzi kerakli bo`yoq bilan bo`yaladi. Bo`yoq qurigandan so`ng
    qo`girchoqning qosh, ko`z, burun, ogizlari chizib chiqiladi. Qo`girchoqning bosh
    qismi quruguncha uning tanasini tayyorlaymiz. Buning uchun bizga sirkul, karton
    qogozi, qo`girchoq ko`ylagi uchun mato, ozgina sintefon va yelim kerak bo`ladi. 
    Sirkul yoki trafaret yordamida qo`girchoq boshining diametriga mos doira
    qirqib olinadi, ikkiga buklanib, shu chiziq bo`ylab qirqiladi, yarimdoiralardan esa
    konus yasaladi. Yasalgan konus sirtiga oldindan konus shaklida qirqib olingan
    qo`girchoqning ko`ylagi yopishtiriladi. Qo`girchoqning yengi va panjalari matodan
    tikilib sintefon bilan to`ldiriladi hamda konusda mos teshiklar hosil qilinib, ularga
    qo`llar, tikib yoki yopishtirib qo`yiladi. Qo`girchoqning ko`ylagini to`r yoki
    munchoqlar bilan bezatish mumkin. Konusning teppa qismiga mato yopishtirib
    chiqiladi bu joyga qo`girchoqning bosh qismi yopishtiriladi. Qo`girchoq boshi
    konusda quriydi. Keyin ustiga chiziladi, detallar yopishtiriladi (sochlar, ro`mol va
    h.k.). Bir necha shunday konuslar bo`lsa, istalgan o`yinchoqni tezda yasash
    mumkin. 

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish