Somon bilan ishlash.
Somon bilan ishlash uchun kerakli jihozlar:
26
R.Mavlonova,M.Satbayeva. “O`quv ustaxonasida amaliy mashg`ulot”. T. Ilm-ziyo. 2011y. 62-bet
104
Somon poyasi (30-40 sm); pichoq; suv qaynatishga idish; dazmol; oq
qog`oz; yelim.
Somonni qaynoq suvda 15-20 daqiqa bo`ktirib olamiz so`ngra har birini
ichini yorib orqa va oldi tomondan dazmollab chiqamiz. Keyingi ishimiz somonni
oq qogozga zich qilib, yelimlab chiqishdir. Shundan so`ng hosil qilmoqchi
bo`lgan buyumimiz tasviridan andoza olib, somon yopishtirilgan qogozga chizamiz
va tasvirni qirqob olamiz. Qirqib olingan tasvirni to`q fonga joylashtirib, uni old va
orqa tarafdan dazmollab chiqamiz. Ish tayyor.
§ 15. Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.
Amaliy san`atning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu, kashtachilik bo`lib
u xalqning o’z turmushini go’zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Unda
asosiy o`rin olgan so`zana qadim zamonlardan har bir oilaning ko`rki bo`lgan.
Kashtachilik san`ati uzoq tarixga ega bo`lib, hozirgacha buyumlar o’ziga xos
go’zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib
kelmoqda O’rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada har bir
ayol kashta tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun har bir oila o’zi uchun
dorpech, oynaxalta, choyxalta, do’ppi, dastro’mol va boshqalarni o’zi tayyorlagan.
O’zbek xalq ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, so’zana, joynamoz, zardevor,
gulko’rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari,
Hindiston, Afg’oniston kabi xorijiy davlatlar muzeylarida doimiy eksponat sifatida
saqlanib keladi. O’zbek kashtachilik buyumlarining qadimiy turlari hozirgi
kungacha saqlanmagan. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur
saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini kundaligida yozib qoldirgan.
Ushbu ma`lumotlar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganini ko’rish
mumkin. 1467-yili Kamoliddin Behzod «Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxtda»
miniatyurasida chodirga ishlagan kashtani ham aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi
yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi ularning badiiyligiga putur
yetkazdi. Qo’l kashtalari unutila boshlandi, hozirgi kungacha ularning ayrim
105
turlarigina saqlanib qolgan. Kashtado`zlik san'atida har bir millatning o`ziga xos
eng ko`p qo`llaniladigan naqshlari bo`ladi.
«Naqsh»-arabcha «tasvir», «gul» degan ma'noni anglatadi. O`zbek
kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus
kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p
tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va
tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. Naqsh bilan amaliy san'at buyumlari
bezatiladi, shuning uchun o`sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday
materialdan tikilishiga butunlay bog`liq bo`ladi. Kashtachilikda o’ziga xos ish
qurollari mavjud bo’lib, bular mato, turli o`lchamdagi ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz
bigiz, to’g’nag’ich, angishvona, qaychi, chambarak, turli rangdagi ipak (mulina,
zar ip).
Arag’chin – sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda
sharsimon do’ppilar kanda xayol, bosma, chakmator, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do’ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust
do’ppi deb ham yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida
sakkizta chok uslubi qo’llaniladi. Masalan, zanjira, to’g’ri chok, chita, kungura,
Yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisining tepasi kvadrat shaklida bo’rtib
chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi. Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan
(gulsiz) tikilgan bo’ladi. Buxoro do’ppilari sidirg’a yoki gulli baxmaldan jiyakli
qilib tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo’rma usulida tikilgan
bo’ladi.
Joynamoz – yerga solib ustida namoz o’qiydigan to’shama. Joynamoz har
xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo’ladi.
Undan masjid, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o’lchamda bo’ladi.
Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatiladi.
106
|