Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi va yaxshilab ishlov beriladi, xamir
tayyor bo`ladi. Xamirni yoglangan stol ustiga qo`yib, tayyorlaydigan shaklimizga
necha xil rang kerak bo`lsa shuncha bo`laklarga bo`linadi, va kerakli rang solinib
aralashtiriladi. Xamir rang bilan oson aralashadi.
Xamirni xona haroratida
polietilen xaltaga 3 soatga qo`yib tindiriladi. Xamir ishlatishga tayyor.
2-usul: 200gramm joxori kraxmali; 200 gramm yelim (PVA); 2 osh qoshiq pista
yogi; 1osh qoshiq gliserin; 3/1
qoshiq limon kislotasi; guash.
Tayyorlanishi:
Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi. 7-10 daqiqaga bugli hammomga
qo`yiladi, xamir qo`yilib tayyor bo`ladi. Xamirni yoglangan stol ustida
ishlov
beriladi. Tayyorlamoqchi bo`lgan shaklimizga necha xil rang kerak bo`lsa, xamir
shuncha bo`laklarga bo`linadi va rang (guash) bilan aralashtiriladi. Shundan so`ng
xamir polietilen xaltaga solinib xona haroratida 3 soat tindiriladi. Ishlatishga
tayyor bo`lgan xamirdan istagan shaklimizni yasashimiz mumkin. Xamir 2
haftagacha o`z sifatini yo`qotmaydi, uni saqlab ishlatishimiz mumkin.