Havo halqasi —
kalavadan ilgak uchi bilan
ipni ilib halqa hosil
qilishdir. Bunda ilgakning
o'zida birinchi halqani
hosil qilib olamiz. Havo
halqasining bir nechtasi
zanjir hosil qiladi. Zanjir
har qanday to'rning asosi
hisoblanadi.
Havo
halqasining soni buyum o'lchamiga bog'liq bo'ladi. Havohalqasini to'qishda
ularning o'lchamlari bir xil bo'lishiga e'tibor berish kerak.
28
Смолякова Т. Технология изготовления театральных кукол. Т., Янги аср авлоди, 2007. С.27
108
Ayrim buyumlarni to'qigan vaqtda ularni kengaytirish yoki zichlashtirish,
ya'ni halqa sonini kamaytirish yoki ko'paytirish kerak bo'ladi. Halqa qo'shish
uchun asosiy halqaga ustamali yoki ustamasiz bitta halqa emas, ikkita, uchta halqa
to'qish kerak. Buyumni qo'shimcha havo halqalari bilan kengaytirish mumkin, bu
halqalar ustamali yoki ustamasiz ustunchalar orasiga to'qiladi.
Buyumlarni zichlashtirish uchun halqalar sonini qisqartirish lozim.
Bolalar boshmoqchasini to`qish: Jun yoki oddiy ipdan bolalar uchun
boshmoqcha to'qish mumkin. Boshmoqchaning uzunligini bilish uchun, qog'oz
ustiga oyoqning tagi o'lchovini tushirish kerak. Ish boshmoqcha tumshug'ini
to'qishdan boshlanadi. Oltita halqadan iborat zanjir to'qiymiz. Zanjirni
zichlashimiz kerak. Buning uchun yetakchi halqali ilgakni chetidan ikkinchi
halqaga qadaymiz va ustamasiz ustuncha to'qiymiz. Zanjir bo'ylab yana to'rtta
ustuncha to'qib, oxiriga yetkazamiz. 2-3 ta havo halqasi to'qib, zanjir to'qishni
qarama-qarshi tomondan davom ettiramiz. So'ngra ikkinchi qatorga o'tamiz va 2-3
ta havo halqasi bor joygacha to'qiymiz. Avvalgi qatorga qaraganda, bu qatorda
ham 2-3 ta halqa qo'shamiz. Boshmoqcha tumshug'idan boshlab uning yuza
chizig'ini hosil qilish uchun shunday qilinadi. Halqa qo'shish boshmoqchaning
yuza tomonidan 2-3 havo halqasi to'qish hisobiga bo'ladi. Bu halqalarga har bir
qator bilan ikkitadan qo'shimcha ustamasiz ustuncha to'qiymiz.Yuza qarshisidagi
qismi oyoq kafti hisoblanadi. Bunda boshmoqcha paypoq singari, ya'ni
boshmoqchaning tumshug'ini to'qigandagi doira bo'yicha to'qiladi. So'ngra ipni
uzmasdan, boshmoqchaning orqasini to'qishga kirishamiz. Boshmoqchaning qo'nji
chuqurroq bo'lishi uchun, avval 10 ta havo halqasi to'qib olish kerak, so'ngra
ilgakni teskari tomonga aylantirib, uchinchi halqadan boshlab ustamali ustuncha
yordamida zanjir to'qiymiz. So'ngra boshmoqchaning asosiy qismini ustuncha
bilan to'qishni davom ettiramiz. Xaltachaning qismini to'qib bo'lib, yana 10 ta havo
halqasi to'qiymiz, u boshmoqchaning ikkinchi tomonidan orqasini to'qish uchun
kerak bo'ladi. Ilgakni teskari tomonga aylantirib, ustuncha usulida zanjir to'qiymiz
va boshmoqchaning bu qismini butun uzunligi bo'yicha to'qiymiz.
109
Shu usulda 12-14 qator to'qiymiz, qator soni bolaning oyoq andozasining
uzunligiga bog'liq. Tovonning chetlarini tikib yoki ilgakda to'qib biriktiramiz.
Boshmoqchani bezash uchun uning ustki qismini ustamali yoki ustamasiz ustuncha
bilan to'qiymiz. Boshmoqchaning oyoqdan tushib qolmasligi uchun shnur to'qib
to'piqdan yuqoriga o'tkazamiz