• Barglar bilan ishlash.
  • § 14. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tabiiy va tashlandiq




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    § 14. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tabiiy va tashlandiq
    materiallar bilan ishlash.
    Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalar kichik yoshidan boshlab ona
    tabiatning go`zalligini his qilishga o`rgatilib, unga nisbatan muhabbat
    shakllantiriladi. Respublikamiz tabiiy boyliklar, flora va fauna olamiga boy
    o`lkadir
    .
    Tabiiy materialni butun yil davomida yigish mumkin, chunki yilning har bir
    fasli ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiiy materiallarni to`plash va ular bilan
    ishlash jarayoni ilm-fan va tabiat faoliyat markazi bilan bevosita bog`liqdir.
    МТT ijodiy faoliyat jarayonida ishlatish mumkin bo`lgan tabiiy mahsulotlar:
    1. Poliz ekinlarining uruglari. 2.Quritilgan barglar. 3.Мevalarning danagi va
    uruglari. 4. Chiganoqlar. 5. Yong’oq va yer-yong’oq po`sti. 6. Paxta chanog’i va
    chigiti. 7. Somon va o`simliklar poyasi.
    Ishlatish mumkin bo`lmagan mahsulotlar:
    103


    1.Guruch. 2. Oqshoq. 3.No`xat. 4. Jo`xori. 5.Mosh. 6. Grechka. 7.Loviya.
    8.Bug’doy. 
    Tabiiy materialni yigish tarbiyachining o`z oldiga qo`ygan maqsadiga
    bogliq. Tabiiy materiallar bilan ishlash faoliyatini bolalarni sayrga olib chiqish va
    tabiatni kuzatishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Sayr davomida tarbiyachi
    bolalarga tabiatdagi tabiiy mahsulotlar, daraxtlarning barglari, novdalari, toshlar va
    qumlar ularning xususiyatlari haqida ma`lumot beradi. Bolalarga tabiiy
    mahsulotlar bilan yaqindan tanishish uchun ularni ushlab ko`rishlariga imkon
    beriladi.
    Barglar bilan ishlash.
    Barglarni yig`ish va ular bilan ishlashni kuz faslining oktyabr va noyabr
    oylariga rejalashtirgan ma`qul. Bu davrda daraxtlarning barglari turli rangda
    tovlanib, to`kila boshlaydi. Bolalar bilan bog’cha hovlisiga uyushtirilgan sayr
    paytida ularga daxaht barglarini to`plash taklif etiladi. Barglarni o`z qo`llari bilan
    yig’ish davomida bolalar ularning ranglari va shakllarini qiyoslashga o`rganadilar.
    Bunday sayrdan so`ng bolalarning o`zlari to`plagan materiallardan mustaqil
    applikatsiya ishlarini tayyorlasalar bu jarayonga bo`lgan qiziqishlari yanada
    ortadi.
    26
    Barglardan applikatsiya ishini bajarishda tarbiyachi oldindan tayyorlab
    qo`ygan namunani bolalarga ko`rsatadi. Tarbiyachi baliq rasmi tasvirlangan
    plakatni ko`rsatib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi, uning boshi, qanotlari va
    dumini tahlil qiladi. Shundan so`ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi. Applikatsiya
    ishini bajarish uchun kerakli jihozlarning nomlarini bolalar bilan birgalikda
    aniqlanadi, Barglardan applikatsiya ishlarini bajarishda, qaysi bargni qanday
    tartibda yelimlanishi va bargning joylarini to`gri aniqlash kerak bo`ladi. Ana
    shunda biz yasayotgan narsamizga mos bo`ladi va kutgan natijaga erishamiz. 

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 14. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tabiiy va tashlandiq

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish