so'zana kabilarni tikish va to`qish bilan shug'ullanganlar. To'qish xalq amaliy
san'atining bir
turi hisoblanib, qo'lda to'qiladigan buyum va o`yinchoqlar o`zining
betakror va bejirimligi bilan ajralib turadi.
1. To'qish qurollari bu — spitsa va ilgakdir. Spitsalar — nikellangan, po'lat, temir,
alyumin, plastmassa va yog'ochdan yasalgan bo'ladi. Eng foydalanishga qulay
spitsa po'latdan yasalgan, ikki uchi uchli yoki bir uchi uchli spitsadir.
Buyumni junli,
jun aralash, ipak, paxta, quyon va echki yunglaridan,
yigirilgan iplardan to'qish mumkin. Har bir ip uchun o'ziga mos ilgak tanlanadi,
ilgak ipdan ikki baravar yo'g'on bo'lishi kerak.
28
Ilgak yordamida to'qish qo'l mehnati turlaridan biridir.
To'qish paytida ilgakni o'ng qo'lning bosh va ko'rsatkich barmog'i bilan
ushlash va uni o'rta barmoq bilan ishga solib turish kerak. Ilgakda to'qilgan
buyumlar halqaning shakli va o'lchamiga qarab har xil bo'ladi. Buyumning tekis
to'qilishi uchun
ipni bir tekis tortib turish, halqani boglash,
ularning soni va
shakliga rioya qilib turish kerak. Agar halqaning o'lchami va shakliga rioya
qilinmasa, halqalar sanab to'qilmasa, buyumning ko'rinishi va shakli buziladi.