O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Teshabayeva Zamira
Sobirovna
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA
O`RGATISH
fanidan
O`quv qo’llanma
Ta`lim yo`nalishi: 5111800 - Maktabgacha ta`lim
Chirchiq – 2020
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA
O`RGATISH
fanidan
O`quv qo’llanma
Teshabayeva Zamira Sobirovna
Mazkur o`quv qo`llanmada “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga
o`rgatish”
fanining maqsadi, vazifalari,
asosiy mavzulari, metodlari nazariy
jihatdan yoritib berilgan.
Shuningdek, o`quv qo`llanmada bo`lajak
tarbiyachilarning kasbiy
motivatsiyasini oshirish, ma`naviy-ma`rifiy hamda umuminsoniy qadriyatlarning
mohiyatini bilishi, bolalarni Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o`z
oilasiga
bo`lgan muhabbatini shakllantirishning samarali yo`llari keltirilgan.
O`quv qo`llanmadа talabalarni kasbiy faoliyatgа tayyorlash,
maktabgacha
yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda kvalimetrik
kompetensiyaning o`rni va ahamiyati,
ularning adabiyotga, san`atga qiziqishi va
xalqimizning boy madaniy merosiga nisbatan hurmatini tarbiyalash hamda
bolalardа ijodkorlikni
shakllantirishda oila, maktab va mahalla bilan hamkorlik
ishlarini amalga oshirishga oid ko`nikma va malakalarni hosil qilish vazifalari
yoritiladi.
Ta`lim yo`nalishi: 5111800 - Maktabgacha ta`lim
Taqrizchilar:
T.L.Xurvalieva – TVChDPI maktabgacha ta`lim
kafedrasi dotsenti, p.f.n.
D.T.Po`latova
– Abdulla Avloniy nomidagi XTTRMXQTMO instituti
Pedagogika va psixologiya va kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari falsafa doktori (Phd).
2