§ 3. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana17.11.2023
Hajmi2,47 Mb.
#100402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

§ 3. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish
Bolalar sahnalashtirish faoliyatida ishtirok etar ekan, obrazlar orqali atrof-
olam bilan tanishadi, natijada ular o`ylashga, tahlil qilishga, xulosalar chiqarishga
harakat qiladi. Bolalar sahnalashtirish faoliyati orqali personajlarning replikalarini
o`zlashtiradi. Ularda so`z zahirasi ortadi, ijro etayotgan roli bolaning boshqa
qahramonlari bilan muloqotga kirishishga undaydi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalarda nutq ravonligini shakllantiradi,
intellektual va badiiy-estetik tarbiya bilan bog`liq k`oplab pedagogik vazifalarni
hal etish imkonini beradi. Shuningdek bolalarda his-tuygu rivojlanadi, ular ijro
etgan rollari orqali ma`naviy jihatdan shaxs sifatida shakllana boshlaydi.
Ertaklarni sahnalashtirish jarayonida personajlarga hamdard bo`lish va voqealarni
ular bilan birga his qilishga ko`mak beradi. Sahnalashtirish faoliyati bolalarning
birgalikdagi faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalar o`rtasida empatiyani yuzaga keltiradi, ya`ni
odamning emotsional holatini mimika, ifodali harakatlar va nutqi bo`yicha ilg`ab
olish, turli holatlarda o`zini boshqa odam o`rniga qo`yib ko`rish ko`nikmalarini
shakllantiradi. 
Bastakor D.B.Kabalevskiy san`atning bolalar uchun ahamiyati haqida
shunday fikr bildiradi: «Maktabgacha yoshdagi bolalarda san`at nafaqat go`zallik
hislarini, balki odob va axloq tushunchalarini ham paydo qiladi. Bolalarda
o`chmas taassurot qoldiradi. Sahnalashtirish faoliyati qanchalik boy va mazmunli
bo`lsa, bolalarda dunyo qarashning rivojlanishi shunchalik oson va
muvaffaqiyatli kechadi».
Sahnalashtirish faoliyati bolaga muammoli vaziyatlarni bilvosita, ya`ni
personaj rolini ijro etish orqali yechishga imkon beradi. Bolalarda o`zaro
23


munosabatlardagi qiyinchilik, o`ziga ishonmaslik, jur`atsizlik kabi sifatlarni
yengib o`tishga yordam beradi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun
muhim ahamiyatga ega. Aynan shu sababdan maktabgacha ta`lim jarayonidagi ish
mazmuni va metodlariga qo`yiladigan talablar ortadi. Sahnalashtirish faoliyati
bolalarning hissiyotlarini rivojlantirishning tuganmas manbayi hisoblanib, ularni
ma`naviy jihatdan boy bo`lish imkoniyatini yaratadi.

Download 2,47 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 3. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni

Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish