• Maktabgacha katta yosh guruh bolalari bilan sahnalashtirish mashgulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Katta guruh
    Katta
    guruhda
    sahnalashtirilgan
    o’yin
    ko’nikmalari
    drammatizatsiyalashtirigan o’yin va rejissyorlik o’yinlarining turli shakllari
    hisobiga o’rganiladi. Bu yoshida bolalar stol teatrining turli ko’rinishlarini ya’ni
    shirmada yumshoq o’yinchoqlar boshqarish, yog’ochli teatr, konus teatr, iplar bilan
    harakatga keladigan qo`girchoqlar (marionetka), teatrning turli ko’rinishlarini
    mukammal o`rganish bilan birga soya teatri bilan tanishadilar. 
    Katta guruh tarbiyalanuvchisi o`yin syujetini mustaqil o`ylab topa oladi,
    syujet ketma-ketligini tasavvur qila oladi, rollarni taqsimlay olish o`zini biror
    rolda ifodali namoyish eta oladi, qahramonining oziga xos xarakterli
    xususiyatlarini to`gri ochib beradi. Bunday yondashuv bolalarda rejissyorlik
    tajribalarini oshiradi.
    Tomosha uchun mavzu va so’zlar murakkablashtiriladi, teatrlashtirilgan
    o’yin jarayonida hayvonlar haqidagi turli ertaklaridan foydalaniladi («Echki
    bolalari», «Bo’g’irsoq» va mualliflik ertaklari).
    Maktabgacha katta yosh guruh bolalari bilan sahnalashtirish
    mashgulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:
    1. Sahnalashtirilgan o’yinlarga nisbatan bolalarda kuchli qiziqish uyg`otish.
    2. Bolalarda badiiy ijro etish ko’nikmalarini shakllantirishda o’yin, qo’shiq, 
    raqs improvizatsiyalaridan foydalangan holda mukammallashtirish.
    3. Atrofdagi munosabatlarga nisbatan bolalarning tushunchalarini kengaytirish.
    4. Bolalarda qo’g’irchoq teatrlarining turlarini ajrata olish va aytib bera olish
    ko’nikmalarini mustahkamlash.
    5. Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligini mukammallashtirish. Monologik
    va diologik nutq shakllarini rivojlantirish.
    20


    6. Qo’g’irchoqlar bilan to’g’ri manipulyatsiya qilish, ya’ni tog’ri yo’naltirish
    qoidalarini mustahkamlash.
    7. Bolalarni yakka tartibda yoki guruh bilan birga turli hikoya va ertaklar
    to’qish va shu asosida improvizatsiyalashgan qo’g’irchoq tomoshalarini
    tashkil etishga yo’naltirish.
    8. Bolalarda ong, tafakkur, tasavvur, diqqatni rivojlantirish.
    9. Tomosha qo’g’irchoqlari bilan o’ynash istagini tarbiyalash. Mustaqil
    faoliyatda qo’shiq, raqs, o’yin improvizatsiyalaridan foydalanish
    qobiliyatlarini rivojlantirish.
    10.Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti bayramlar, ko’ngil ochar tadbirlar
    va mustaqil faoliyat jarayonida olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalangan
    holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab-quvvatlash.

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish