• Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari bilan sahnalashtirish mashg`ulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Tayyorlov guruhi
    Tayyorlov guruhida o’yin materiali yanada murakkablashadi. Bu yoshda
    bolalar shirmada yumshoq o’yinchoqlar boshqarish, yog’ochli teatr, konus teatr,
    soya teatri, simli teatr ko’rinishlarini mukammal o`rganish bilan birga
    marionetka (iplar bilan harakatga keltiriladigan) qo`girchoqlari bilan tanishadi.
    Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchisi o`yin syujetini mustaqil o`ylab topa
    oladi, syujet mazmuni va uni ifoda etish vositalari o`rtasidagi bogliqlikni ilgaydi
    (uxlab yotgan o`rmon: rasmda o`rmon qora ranglarda berilgan, daraxtlar bir-biriga
    yaqin joylashgan; quvnoq raqsbop musiqa: tez, aniq va baland yangraydi), rollarni
    ifodali namoyish eta oladi, qahramonning oziga xos xarakterli xususiyatlarini
    to`g’ri ochib beradi.
    10
    Barcha badiiy faoliyat turlari bilan shug’ullangan holda
    ulardan biriga qiziqishi yuqori bo`ladi. Bu yoshda bola tomoshaning turlarini
    (qo`girchoq teatrining turlari, sahna teatri, kino, multfilm, sirk va h.k.) ajrata oladi.
    Teatrlashgan tomoshalariga o`zbek xalq ertaklari, rus xalq ertaklari va
    mualliflik ertaklaridan keng foydalaniladi
    10
    Куцакова Л.В., Мерзлякова С.И. «Воспитание ребенка-дошколника: развитого, образованного, 
    самотоятельного, инициативного, неповторимого, культурного, активно творческого». Москва.: Владос, 
    2004. с.103
    21


    Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari bilan sahnalashtirish
    mashg`ulotlari jarayonida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar:
    1.
    Bolalarni badiiy faoliyat turlarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
    2.
    Badiiy obraz yaratishda bolalarni mustaqil ijodiy faoliyatga
    tayyorlash.
    3.
    Atrof olamdagi voqelik va hodisalarga nisbatan bolalarning
    tushunchalarini kengaytirish.
    4.
    Bolalar turli o`brazlarni ijro etganlarida intonatsiya va jestlarni
    qo`llashga o`rgatish.
    5.
    Qo’g’irchoq teatri turlarini farqlash va manipulyatsiya qilish
    ko’nikmalarini mustahkamlash.
    6.
    Ijodiy tashabbus va tashkilotchilik qobiliyatini qo`llab-quvvatlash.
    7.
    Bolalarda ijobiy kayfiyatni boshqalarga ulashish, musiqa ohangini
    turli tana harakatlari orqali ko’rsatish ko`nikmalarini shakllantirish.
    8.
    Qo`girchoq teatri tomoshalari jarayonida bolalarning yakka va jamoa
    bilan musiqa asboblari yordamida improvizatsiya qilish tashabbuslarini qo’llab-
    quvvatlash.
    9.
    Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti bayramlarida, ko’ngil
    ochar tadbirlarida mashg’ulotlar va mustaqil faoliyat jarayonida olgan o’z bilim va
    ko’nikmalaridan foydalangan holda faol ishtirok etish ko’nikmalarini qo’llab
    quvvatlash.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni tarbiyalash ikki tomonlama
    jarayondir. Bir tomondan u bolalarga tarbiyachi va ota-onalarning faol ta`sirini,
    boshqa tomondan tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatlari, qiziqishlari va
    ijodkorligida namoyon bo`ladigan faolligini nazarda tutadi. Sahnalashtirilgan
    o’yinlar bolalarda o’zining boshqalar oldida ifoda eta olish, o’zing «Men»ini
    boshqalarga taqdim eta olish, o’rtoqlari oldida o’z harakatlaridan faxrlanish
    ko’nikmalarini shakllantiradi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi davri
    sahnalashtirilgan o’yin faoliyatining turlari hisobiga boyitiladi. 
    22



    Download 2,47 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish