• - Variativlik prinsipi.
  • § 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    - Birlik prinsipi. Ushbu prinsipning asosi bola va tarbiyachining o`zaro
    tushunish va o`zaro yordam asosida birgalikdagi faoliyatni tashkil etishdir. 
    7
    Антипина Е.А. «Театрализованная деятельность в детском саду». М., 2003. с.22
    15


    - Variativlik prinsipi. Bolalarda variativ fikrlash, ya`ni masalani hal
    qilishning turli variantlari mavjudligini tushunish, qiyin vaziyatdan chiqish yo`lini
    izlash, yechimi bo`lmagan vaziyatlar yo`qligini tushunishni rivojlantirishdan
    iborat.
    - Bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi.
    Bolalardagi o`ziga xos qobiliyatlarini inobatga olgan holda vazifalar, topshiriqlar
    berish va doimiy qo`llab-quvvatlab turishdir.
    § 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlarida sahnalashtirish
    faoliyatining asosiy vazifalari
    Olimlarning fikricha bola shahsining shakllanishida uning qobiliyati va
    ijodkorligi muhim o`rin tutadi. Bolaning iqtidori va bilimini rivojlantirishda o`yin
    faoliyati yetakchilik qiladi. O`yin bola uchun erkin va mustaqil faoliyat sifatida
    tashkil etilgandagina rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
    8
    Teatr
    san`ati bolalar uchun qiziqarli bo`lib, uning negizini o`yin tashkil etadi.
    Sahnalashtirilgan o`yinlar bolada badiiy didni shakllantiruvchi yorqin emotsional
    vositalardan biridir. Sahnalashtirish faoliyati tasavvurni, bola xotirasi va bola
    ijodiyotining barcha turlarini (badiiy-nutqiy, musiqaviy-o`yin, raqs, sahna)
    rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
    musiqa rahbari bilan tarbiyachi-pedagog hamkorlikda ishlashi talab etiladi.
    Musiqa rahbari bolalar bilan nafaqat maxsus sahnalashtirish o`yin-mashqlarini
    tashkil etadi, balki sahnalashtirish faoliyati bo`yicha barcha pedagoglargа metodik
    yordam ko`rsatadi. Tarbiyachi ifodali o`qish, so`zlash, aktyorlik va rejissorlik
    mahoratidan boxabar bo`lishi kerak. Eng asosiy shartlardan biri – tarbiyachining
    sodir bo`layotgan barcha jarayonga munosabati, hissiyotlarning samimiyligi va
    tabiiyligidir. Sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda pedagog quyidagi
    vazifalarni amalga oshirishi lozim: 
    8
    Генов Г.В. Театр для малышей. М.: Просвещение, 1968. с.72
    16


    - sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish
    uchun sharoit yaratish (kattalar oldida chiqish qilganda o`zini erkin
    tutish, ( jumladan, uyatchan bolalarga bosh rollarni berish, nutqi zaif
    bolalarni jalb etish, har bir bolaning sahnada faol ishtirokini ta`minlash);
    - mimika, pantomimika va ifoda vositalari bilan improvizatsiya qilishga
    undash (personajlarning xarakterini o`xshatish, o`zining emotsional
    holatini, kechinmalarini ko`rsatib berish); 
    - bolalarni teatr san`atiga qiziqtirish (qo`g`irchoq teatri turlari: stol teatri,
    soya teatri, barmoqli va teatrning boshqa janrlari) orqali tanishtirish;
    - sahnalashtirish faoliyatini boshqa faoliyat turlari bilan bog`lash
    (sahnalashtirish o`yinlarini o`quv tarbiyaviy faoliyat va rivojlanish
    markazlarida qo`llash);
    - bolalar va kattalarning hamkorlikdagi faoliyati uchun sharoit yaratish
    (bolalar, ota-onalar va pedagog-tarbiyachilar ishtirokida qo`girchoq
    teatri, katta guruh bolalari teatrini kichiklar oldida tashkillashtirish va
    h.k.).
    Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda
    bolalarning qiziqishlari va takliflarini etiborga olish lozim. Ularni personaj
    bilan bogliq harakatlarga o`rgatish maqsadga muvofiq. Bolalar ertak
    qahramonlari rolini ijro etishda unga xos harakatlar qilishlari uchun imkoniyat
    yaratish kerak. Bolalardan ijro etayotgan roli haqida taassurotlari so`raladi.
    Tarbiyachi-pedagoglar bolalarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan
    holda sahnalashtirish jarayonini tashkil etishlari lozim. Buning uchun maktabgacha
    ta`lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatiga qo`yiladigan asosiy talablarga
    rioya etishlishi zarur: 
    - Mavzularning mazmuni va turfa xilligi;
    - Sahnalashtirish o`yinlarini mustaqil faoliyat va rivojlanish markazlarida
    tashkil etish;
    - O`yinlargа tayyorgarlik va ijro etishda bolalarning maksimal darajadagi
    faolligini ta`minlash;
    17


    - Sahnalashtirish o`yinlarining barcha bosqichlarida bolalar ва kattalarning
    o`zaro hamkorligini ta`minlash.
    Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati turli yosh
    guruhlarda tashkil etiladi. Biroq bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda
    ularning o`ziga xos xususiyatini hisobga olish lozim. Quyida turli yosh guruhlarda
    sahnalashtirish faoliyatini tashkil etish bo`yicha metodik jihatlarga to`xtalib
    o`tamiz. 

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish