xarakterlarining o’ziga xos xususiyatlarini, orzu va istaklarini bilib oladilar. Bola
shaxsini hurmat qilish, unga g’amxo’rlik qilish, kattalar va ular o’rtasida o`zaro
munosabatlarda iliqlik muhiti yaratiladi.
Bayramlar. Tashkil etilgan bayramlar bolalarga quvonch bag’ishlab, ijodiy
qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berishi lozim.
Bayram tadbirlari, avvalo bolalar uchun quvonch berishini tarbiyachi yodda
saqlashi kerak. Bayramlar bolalarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan
taassurotlar manbayidir. Shu sababli bayramga tayyorgarlik jarayonida, eng avval,
yaxshi
toyyorlangan senariy, har bir bolaning bayram tadbirlaridagi ishtiroki,
kayfiyati va san’at turlarining o’zaro uyg’unligiga e`tibor qaratish muhim. Bayram
tadbirida bolalar o’zlarini quvnoq, xursand his qilishi va erkin bo’lishi kerak.
6