I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana17.11.2023
Hajmi2,47 Mb.
#100402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

I BOB
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
§ 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati. 
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: Ijod, teatr, spektakl, obraz, personaj, 
dramaturgiya, drama, sahna, syujet, prinsip, dekoratsiya, an’ana, qadriyat, 
empatiya, atribut, janr, folklor.
O’zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-ma’naviy
islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi –
2
“Ilk qadam”davlat o`quv dasturi. T.: 2018.
6


jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga
ko’ndalang qo’ymoqda. Darhaqiqat, kelajak poydevori bo’lgan, har jihatdan
mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, ahloqan pok, bir so’z bilan aytganda jamiyat
taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta`lim tizimi uzluksiz ta`limning
boshlangich qismi hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim tizimi uygun rivojlangan
shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki maktabgacha yoshdagi
bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi butun hayotini belgilab
beradi. Shu o`rinda Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning
so`zlarini aytib o`tish joiz. «Biz qaysi sohani olmaylik zamonaviy yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan biron-bir o`zgarishga, farovon hayotga erisholmaymiz. Bunday
kadrlarni, millatimizning soglom genofondini tayyorlash, avvalo maktabgacha
ta`lim tizimidan boshlanadi». Shuni hisobga olgan holda o`tgan davrda
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim-tizimini rivojlantirish va samarali
faoliyat ko`rsatishiga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, O`zbekiston
Respublikasi prezidentining qarorlari va farmonlari qabul qilindi. 
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiya
ishlarini sifatli olib borish, bolalar ijodiga rahbarlik qilish, uni to`gri tashkil qilish
uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash ehtiyoji tug’ildi. Bu OTMda
«Maktabgacha ta`lim» yo`nalishlarini ochilishiga sabab bo`ldi. «Bolalarni
sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish» fani dasturga kiritildi.
«Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi
qarorida milliy-madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob
o`qishga qiziqishni uyg’otuvchi o`quv metodik, didaktik materiallar va badiiy
adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti faoliyatiga joriy
etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berildi
3
.
3
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to`grisida»gi Qarori. PQ-3261-son 09.09.2017
7



Download 2,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH

Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish