Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish fanining boshqa fanlar
bilan o`zaro aloqasi
Teatr bola uchun katta ahamiyatga ega, bolalar u bilan uchrashuvni
sabrsizlik bilan kutadi. Teatr hamma narsaga qodir, u mo`jiza yaratadi,
quvontiradi, o`rgatadi, maktabgacha yoshdagi bolalarning xulqini korreksiyalaydi,
ijodiy qobiliyatlarini hissiy idrokini rivojlantiradi.
4
Bolalarning nutqi faollashib,
notiqlik qobiliyati rivojlanadi, o`ziga ishonchi oshadi, omma oldida chiqish qilish
ko`nikmalarini egallashida yordam beradi.
Teatr san`ati bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ko`maklashadi.
Teatr san`ati bilan muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan toqatli,
kelishuvchan, og`ir-bosiq bo`lib, o`zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha
yoshdagi bolalarning his-tuyg`ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli ta`sir
o`tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-
manaviy tasavvurini shakllantiradi, intellektual qobiliyatlarini oshiradi.
Teatr bolani ma`naviy tarbiyalaydi. Teatr – sehrli olam, unda bola o`ynab,
quvonadi, o`ynab atrof olamni o`rganadi, yani uning ichki olami boyiydi. Bolada
ijodga e`tibor, qiziqish, intilishning namoyon bo`lishi uning taassurotlarini
yangilaydigan emotsional undovlarni talab qiladi. Bu borada teatrlashtirish
4
D.Raimova. “Maktabgacha ta`lim muassasasida sahnalashtirish faoliyati”.“Maktabgacha ta`limda o`quv-tarbiyaviy
ishlarni tashkil etishning samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari. Andijon davlat universiteti. Andijon – 2019. 306-bet.
9
Teatr pedagogikasi
nazariyasi va tarixi
Teatr pedagogikasi
nazariyasi va tarixi
Etika va estetika
Etika va estetika
Bolalar psixologiyasi
Bolalar psixologiyasi
Pedagogika nazariyasi
va tarixi
Pedagogika nazariyasi
va tarixi
Xalq amaliy san`at turlari
Xalq amaliy san`at turlari
Maktabgacha
pedagogika
Maktabgacha
pedagogika