faoliyatining juda katta ijobiy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Pedagogik
jihatdan to`g`ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi mazmun olib
kiradi.Quvonch hissini uyg`otib,
barcha kuch va qobiliyatlari, jumladan nutqiy
rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi.
Hamma bolalar ertak tomosha qilishni yaxshi ko`radi,
ularga nafaqat
tomosha qilish, balki artist bo`lish yoqadi. Teatr san`ati bolalarga yaqin va
tushunarli, chunki uning asosida o`yin yotadi. Teatrda ro`l o`ynash
va bolalar
o`yini aynan bir xil shartlilikdan kelib chiqadi va o`zida voqelikni har bir inson
ko`ra oladigan va ifodalay oladigan darajada sehrlaydi.
Bolalarda o`yinga bo`lgan ehtiyoj, shubhasiz, katta va u juda erta namoyon
bo`ladi. Ikki-uch yoshidayoq kichkintoylar sakrayotgan quyoncha va ona-tovuqqa
ergashayotgan jo`jachalarni tasvirlaydi. Ular jon-dili bilan kuchukcha, mushukcha,
uloqchalar qiyofasiga kiradi. Bolalar imitatsiyalash va taqlidiy harakatlarni
bajaradi, bu harakatlar hamisha rejali, ammo favqulodda boy va shu sababli o`zida
katta emotsional quvvatni jamlaydi.
Teatrlashtirilgan o`yinlar bolalarni hamma vaqt o`ziga jalb qiladi, bolalar
o`yinga jon-udili bilan kirishadi: qo`g`irchoqlarning savollariga javob beradi,
ularning
iltimoslarini bajaradi, maslahatlar beradi, u yoki bu obrazga «kiradi».
Kichkintoylar personajlar bilan birga kuladi, ular bilan birga qayg`uradi, ularni
xavf-xatardan ogoh qilishga intiladi, sevgan qahramonining muvaffaqiyatsizligidan
birga ko`z yosh to`kadi, hamma vaqt unga yordamga tayyor turadi.
Teatrlashtirilgan o`yinlarda qatnashib, bolalar atrof-olam,
obrazlar, ranglar,
tovushlar bilan tanishadi. Teatrlashtirilgan o`yinlarning bola shaxsiga katta va har
tomonlama tasiri undan kuchli pedagogik vosita sifatida, ortiqcha majburlashsiz,
foydalanish imkonini beradi, chunki kichkintoy o`yin vaqtida o`zini
erkin his
qiladi.
10