• - Mashg`ulotning mazmunliligi prinsipi.
  • - Integrativlik prinsipi
  • - Erkinlik prinsipi.
  • - Mustaqillik prinsipi
  • Sahnalashtirish faoliyati




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Sahnalashtirish faoliyati 
    shakllari
    Кattalar va bolalar 
    hamkorligidagi 
    sahnalashtirish faoliyati


    Sahnalashtirish faoliyati prinsiplari. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish mashg`ulotlarini to`g`ri
    tashkil etishda tarbiyachi quyidagi prinsiplarga amal qilishi lozim:
    - Mashg`ulotning mazmunliligi prinsipi. Bunga ko`ra sahnalashtirish
    faoliyatini tashkil etishda mavzular va metodlarning turfa xilligiga e`tibor
    qaratish lozim.
    - Improvizatsionlik prinsipi. Bunda sahnalashtirish o`yinlari shunday bir
    ijodiy faoliyat sifatida ko`riladiki, u kattalar va bolalarning o`zaro erkin muhitdagi
    alohida hamkorligini talab etadi, bolaning tashabbuskorligini rag`batlantiradi,
    biron-bir namunaga taqlid qilmaslikni talab etadi, o`zining mustaqil fikriga ega
    bo`lishga undaydi. Mashg`ulotda barcha o`yin va mashqlar shunday tanlanishi
    kerakki, ularda harakatlar, nutq, mimika va pantomimik harakatlar turli
    ko`rinishlarda mujassam bo`lsin.
    - Integrativlik prinsipi. Sahnalashtirilgan faoliyat o`yinlari butun bir
    pedagogik jarayonda uygunlashtiriladi,  yani ijodiy faoliyat mashgulotlari (musiqa,
    rasm chizish, nutq o`stirish, o`yinlar), kattalar va bolalarning hamkorligidagi ijodiy
    o`yinlar; 
    - Erkinlik prinsipi. Bolalarga qiziqtirgan faoliyat bilan bir-biriga xalaqit
    bermagan holda shug`ullanish imkonini beradi;
    - Faollik prinsipi. Bolaning bilish faoliyatini, faolligini rag`batlaydi.
    O`yinlarga tayyorgarlik k`orish va ularni o`tkazishning barcha bosqichlarida
    bolalarning maksimal darajada faol b`olish imkonini beradi; 
    - Mustaqillik prinsipi. Bunda bola muhitga o`z munosabatini mustaqil
    belgilaydi, idrok qilish, taqlid qilish va o`z istagini mustaqil tanlash imkonini
    beradi.
    7

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish