Кichik guruh
Maktabgacha 3-4 yoshli bolalarda stol teatri, barmoq teatri, magnitli teatr
va tosh teatrlari tashkil etiladi. Kichik guruh bolalariga sodda, qisqa mazmundagi
xalq va mualliflik ertaklari, she’rlar, hikoyalar matnlari asosidagi kichik
tomoshalarni sahnalashtirish mumkin. Bu yoshda bolalar tarbiyachi bilan stol,
barmoq va tosh teatrlarida shakllarni berilgan mavzu bo’yicha improvizatsiya
qilishda foydalanadilar.
Maktabgacha kichik guruh bolalari bilan sahnalashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan asosiy vazifalar quyidagilar:
- Sahnalashtirilgan o’yinlarga nisbatan bolalarda kuchli qiziqish uygotish;
- To’g’ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni
shakllantirish;
- Bolalarning so`z boyligini boyitish va ravon nutqda so`zlasha olishlariga
erishish;
- Bolalarda atrof-olam, narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
- Bolalarдa stol teatri, barmoq teatri va tosh teatri kabi teatrning turli
yo’nalishlari haqida tushunchalarni mustahkamlash;
- Bolalarda dastlabki aktyorlik mahoratini ko`rsata olish ko`nikmalarini
tarbiyalash;
- Bolalarni o’z xatti- harakatlarini tahlil qilish va baholashga o’rgatish;
- Syujetli - rolli o`yinlar q`tkazishda bolalar tanishgan ertaklaridan
foydalanish;
18
- Hayvonlar ovoziga taqlid qilish, ularni so`zli-didaktik va syujetli
o`yinlarda ijro etish;
- Мustaqil faoliyat va ko`ngilochar o`yinlarda tarbiyachi taklifi bilan katta
guruhdagi bolalar chiqishlari ва qo`girchoq teatri namoyishlarini tomosha
qilish.
O’rta guruh
Maktabgacha 4-5 yoshli bolalarda teatrlashtirilgan o’yinga nisbatan
qiziqishlari ortadi. Bu yoshida bolalar stol teatrining turli ko’rinishlarini
mukammal o`rganish bilan birga yumshoq o’yinchoqlar, yog’ochli teatr, konusli
teatr, xalq o’yinchoqlari teatri kabi teatrning turli ko’rinishlarini o’rganadi.
Bolalar
«Tulki va turna», «Bo’g’irsoq», «G’ozlar va turnalar» kabi ertaklar asosida qisqa
tomoshalar taqdim etadi.
9
Maktabgacha o`rta guruh bolalari bilan sahnalashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan asosiy vazifalar:
1. Bolalarda teatrlashtirilgan o’yin faoliyatiga qiziqish uyg’otish.
2. O`yinlarda ishtirok etish paytida syujet o`ylab topish, turli o`yinchoq va
atributlarni qo`llashda improvizasiyadan foydalanish.
3. Bolalarda atrof-olam, narsa va hodisa haqidagi bilimlarini boyitib borish.
4. Bolalar so’z boyligini o`shirish va faollashtirish.
5. Qo’g’irchoqlardan to’g’ri foydalanish qoidalarini mustahkamlash.
6. Mashgulotlarda olgan bilimlarini qo`llagan holda mustaqil badiiy ijodga
qiziqishini oshirish.
7. Rasm chizish, atributlar yasash, she`r o`qish, qo`shiq aytish, raqsga tushish,
qo’g’irchoqlar bilan improvizatsiyalashgan o’yinlarda ishtirok etish istaklarini
shakllantirish.
8. O`yinlarda o`zaro kelishgan holda hamjihatlikda harakat qilishlariga
erishish.
9. Bolalarni
yangi tomoshabinga
moslashish ko’nikmalarini
mukammallashtirish.
9
Караманенко Т. «Кукольный театр в детском саду». М.: Учпедгиз, 1960. с.65
19
10.
Кo`ngilochar soatlarida pedagog-tarbiyachilar, ota-ona va bolalar
oldida tomosha ko’rsata olish qobiliyatini shakllantirish va qo’llab-quvvatlаsh.
|