II BOB
SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA
IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOSLIGI
§ 4. Sahnalashtirish faoliyatini tashkil etishda ota-onalar bilan hamkotlikda
amalga oshiriladigan ishlar
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: Ssenariy, mimika, etyud, ertak, hikoya,
pyesa.
Bugungi kunda ezgulik va hamdardlik hislariga e`tiborning kamligi bola
shaxsi tarbiyasiga ham salbiy ta`sir ko`rsatyapdi. Мaktabgacha ta`lim yoshidagi
bola tarbiyasida sahnalashtirish faoliyati uchun juda muhim bo`lib, u bolada
ezgu hislar uygotadi va yahshilik urug`larini shakllantiradi. Tarbiyachi-
pedagoglarga bolaning emotsional sohasiga murojaat qilish, «hislarni
tarbiyayalash» bilan shug`ullanish imkonini beradi. Sahnalashtirilgan faoliyat,
san`atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta`lim uchun katta imkoniyatlarga
ega va shaxsni tarbiyalash imkonini yaratadi. Аynan u bolaning barcha
qobiliyatlarini rivojlantiradi, яъни aqlan, jismonan va eng muhimi, emotsional
jihatdan rivojlanadi. Pedagoglar sahnalashtirilgan faoliyatni imkon qadar erta,
kichik guruhdan boshlab tashkil etishlari lozim, shunda tayyorlov guruhiga kelib
kutilgan natijaga erishiladi.
Sahnalashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini ota-onalar bilan
hamkorlikda amalga oshiradigan ishlar tashkiliy, amaliy va yakunlovchi bosqichni
o`z ichiga oladi.