Bu bosqichda kichik-kichik qismlarni sahnalashtirish va matnni
improvizatsiyalashgan holda o’qish ishlari amalga oshiriladi.
Obrazlarni jonlantirishni avvalo tarbiyachining o`zi bolalarni jalb qilgan
holda ko`rsatib beradi. So`ngra obrazni jonlantirish guruhdagi faol bolalar bilan
amalga oshiriladi va bora-bora bu jarayonga guruhdagi hamma bolalar ixtiyoriy
jalb qilinishi kerak. Tayyorgarlik (repititsiya) jarayonida, yangi fikr tug’ilsa uni
kengaytirib mukammallashtiriladi. Bunday yangi fikrlar odatda tomoshabinlar yoki
repititsiyaga qatnashmayotgan bolalardan chiqadi.