• Niqoblar teatri
  • «Jonli» qo`g`irchoqlar («tanta-moreskalar»)




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    «Jonli» qo`g`irchoqlar («tanta-moreskalar»). «Jonli» qo`g`irchoqlarning
    boshlari haqiqiy, jonli bo`ladi, gavdasi, qo`l, oyoqlari esa – qo`g`irchoq. 60-90
    smli ikkita yog`och ramkalar tayyorlanadi. Bitta ramka (sahnaning orqa
    devorchasi)ga qora mato tortiladi, paxta yoki yumaloqlangan qog`oz bilan
    to`ldirish mumkin bo`lgan kostyum tikib qo`yiladi. Kostyum ustidan (yoqa
    yonidan) ijrochi boshi uchun tor teshik teshiladi. 
    Yumshoq yog`ochdan ikki juft oyoqchalar va ikki juft qo`lchalar qirqib
    olinadi. Qo`lchalar yenglarga kirgiziladi. Har bir qo`lning ichki tomoniga bigiz
    tiqing, tiqqanda qora matoni ham teshib o`ting. Bigizni aylantiring – qo`g`irchoq
    qo`lini ko`taradi, oyoqlarning yuqori qismlarida ham shunday qiling – ular
    harakatga keladi. Ikkinchi ramkaga ikki yoqqa suriladigan parda mahkamlang. 
    75


    Ijrochining oyoqlari ko`rinmasligi uchun sahna qo`yiladigan stol polgacha
    mato bilan yopiladi.
    Niqoblar teatri. Ijrochi boshining o`lchamlariga mos qilib niqob-shaklcha
    yoki niqob-kapyushon tayyorlanadi. Ularga mos detallar tikib qo`yiladi.
    76


    Dekoratsiyalar. Bolalar mustaqil tarzda yog`ochdan o`rindiqchalar, qog`oz
    qutilardan isitkich yoki kattaligi va shakli har xil bo`lgan qutilardan qasr uchun
    bloklar tayyorlashlari mumkin. Qog`ozni o`rab elimlab chiqishlari, qutilarning old
    tarafini esa applikatsiya bilan bezashlari mumkin: kichik hashamatli boloxona
    uchun yapaloq tomlar qilishlari, ularni qutilarga yo’ishtirish mumkin. 
    Stol teatri postanovkalarida dekoratsiyalarni tez-tez almashtirib turish kerak
    bo`ladi. Buning uchun ertakga mos dekoratsiyalarni karton bo`laklariga yelimlash,
    o`ziga xos kitob shaklida muqovalash kerak bo`ladi. Kitobni parda orqasiga tikka
    qo`yiladi va karton betlarini varoqlab dekoratsiyalarni bir onda o`zgartirish
    mumkin. 

    Sahnaning bunday konstruksiyasida dekoratsiyalar ko`p tabaqali parda
    (shirma) ko`rinishida bo`lishi yoki kartonli aylanada joylashishi mumkin. 
    Bu aylana ingichka mix yoki nina to`g`nag`ich (bulavka)da aylanadi,
    dekoratsiyalarni o`zgartiradi va ularni harakatlanayotgan holda ko`rsatadi. 
    Dekoratsiyalarni tez almashtirish uchun ular kanselyariya nakolkasiga
    o`xshash vertushkaga qotiriladi, bu qalin sim bo`lib, u aylana derevyashkaga –
    asosga qoqilgan bo`ladi. Vertushka orqasida shaffof mato tortib qo`yiladigan
    ramkadan iborat parda (shirma) joylashadi. Bunday shaffof to`rli dekoratsiya
    orqali ijrochilar butun sahnani ko`rishlari va shaklchalarni ishonch bilan
    boshqarishlari mumkin.
    77


    Shuningdek, spektakl uchun musiqa va ovoz jo`rligi kerak. 
    Bolalar bilan teatr uchun qo`g`irchoqlarni yasash jarayonida, avvalambor,
    turli yosh guruhlariga tavsiya etiladigan xalq ertaklarida, asarlarda uchraydigan
    personajlarni yasash kerak. Qo`g`irchoqlarni bolalarning o`zlari yasashi va ularni
    o`ynashi – bolalarni sahnalashtirish faoliyatiga qiziqtiruvchi stimuldir, bu bilan
    bolalarning mustaqil ijodiy faoliyati yanada qiziqarli bo`ladi. Qo`g`irchoqlar bilan
    o`ynar ekan, bolalar o`zlarining ertaklarini yaratadilar, fantaziya qiladilar, ijod
    qiladilar. Ular uchun bu muloqot, o`zini ifoda etish, bilish va ijod maktabidir. 

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Jonli» qo`g`irchoqlar («tanta-moreskalar»)

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish