teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy
rivojlanishidagi uzviylikni ta’minlash;
xalq yaratgan boy merosimizga bo’lgan muhabbat hissini uyg’otish;
qo’g’irchoq teatrini ota-onalar bilan
hamkorlikda tashkil qilish
imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Har bir qo’g’irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
qo’g’irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim
saviyasiga mos bo’lsa, bolada butun vujudi bilan uni ko’rish va unga nisbatan
qiziqish paydo bo’ladi;
kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga
nisbatan ruhiy tetiklik yoki qo’rqish, nafrat, ko’ziga yosh olish yoki kulib yuborish
kabi emotsional holatlar namoyon bo’ladi;
qo’g’irchoq teatri yakunida o’tkazilgan
suhbatda bolalar u yerda
ko’rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan so`zlab berishi doimo ko’rishga
xohish bildiradilar.
Qo’g’irchoq teatrining 6 ta turi mavjud:
1. Stol qo’g’irchoq teatri;
2. Barmoqli qo’g’irchoq teatri;
3. Qo’l qo’g’irchoq teatri;
4. Niqoblar teatri;
5. Marionetka qo’g’irchoq teatri;
6. Soyali qo’g’irchoq teatri.
Stol qo’g’irchoq teatri 5 xil bo’ladi.
1. Qog’ozdan
yasaladi;
2. Kartondan yasaladi;
3. Taxtadan yasaladi;
4. Plastmassadan yasaladi.
5. Tosh shaklli stol teatri
66
Bu teatr stol ustida ko’rsatilib. Bu teatr turi maktabgacha ta’lim tashkilotlari
uchun qulaydir.
Barmoqli qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar barmoqlarga kiygizilib
shirmada teatr ko’rsatiladi.
Qo’l qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar, ya’ni ertak qahramonlari qo’lga
kiygizilgan bo’ladi. Qahramonlar shirma orqasida ko’rsatiladi.
18
Niqoblar teatrida aktyor yuziga ertak qahramonining tasviri tushirilgan
niqob kiyadi va sahnada ertak
namoyish etiladi
Marionetka qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlarning qo’l va oyoqlari leska,
ingichka sim yoki arqon bilan bog’langan holda harakatlantiriladi va tomosha
o’tkaziladi.
Soyali qo’g’irchoq teatri 3xil bo’ladi:
1. Shaklli soya teatri;
2. Qo`l va barmoq soya teatri;
3. Jonli soya teatri;
Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh
etish bilan birga katta
tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hajmi katta
ertaklarni qo’yish mumkin emas. Kichik ertak asosida o’yinchoqlar yordamida
sahna qo’yish mumkin. Bu kichik ko’rinishlarning har biri ham bolalarda katta
taassurot uyg’otadi va bayram tadbirlariga ko’tarinki ruh baxsh etadi. Har qanday
badiiy asar qo’g’irchoq teatri orqali ko’rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli
bo’ladi.
18
Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. D.Azimova. “Ustaxonada amaliy mashg’ulot”. “Cho`lpon”, T. 2010y. 91-bet
67