• Birinchi bosqich.
  • Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • § 9. Qo`g`irchoq teatridagi o`yin turlari. Teatr qo`g`irchoqlarini yasash




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    § 9. Qo`g`irchoq teatridagi o`yin turlari. Teatr qo`g`irchoqlarini yasash.
    Qo`g`irchoq o`ynatish qoidalari.
    Sahna faoliyatini tashkillashtirish uchun sanoatda ishlab chiqariladigan
    qo`g`irchoq va o`yinchoqlardan foydalanish mumkin. Lekin bolalar o`zlari
    yasagan o`yinchoqlarning tarbiyaviy qadri eng yuqori ekanini ta`kidlash lozim.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’g’irchoq teatr jihozlarini tayyorlash va
    tomoshalar ko’rsatish quyidagi bosqichlar asosida amalga oshirish tavsiya etiladi:
    Birinchi bosqich.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’g’irchoq teatrini namoyish etishda
    quyidagilar amalga oshiriladi:

    manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos
    kelishi;

    musiqa tanlash;

    qo’g’irchoq teatrini ko’rsatish rejasini tuzish.
    Ikkinchi bosqich:

    ko’zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko’ra qahramonlarni
    tanlash va so’zlarini yod oldirish;

    qo’g’irchoqlarni yasash va kiyintirish;

    tarbiyachi bilan hamkorlikda she’rlarni yod olish.
    Uchinchi bosqich:

    tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko’ra ertakni
    sahnalashtirish;

    qo’g’irchoq teatri namoyishi, bolalarni qiziqishlari va ularga yoqqan
    qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash.
    68


    O`yinchoqni o`z qo`llari bilan yasash bolalarda tasviriy ko`nikmalarni, qo`l
    mehnati, ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Stol teatri uchun
    o`yinchoqlarni qog`ozdan, kartondan, qog`oz qutidan, sim, tabiiy mato va boshqa
    narsalardan tayyorlash mumkin. 
    Yapaloq o`yinchoqlar . Bunda personajlar yupqa kartonga chizilib, qirqib
    olinadi, rasm kartonga qo`yib, ikkinchi qismi qirqiladi. Ikkala qismining o`rtasiga
    ingichka tayoqcha yoki qog`ozli naycha tiqilib (yelim surtilgan), qismlar
    yelimlanadi. Shakllar teshikli plastmassa probkalarga o`rnatiladi. Shakllardan stol
    teatri sahnalashtirishda foydalaniladi

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 9. Qo`g`irchoq teatridagi o`yin turlari. Teatr qo`g`irchoqlarini yasash

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish