Konus yoki silindrdan yasalgan o`yinchoqlar. Sirkul yoki trafaret
yordamida turli diametrli doiralar qirqib olinadi, ularni ikkiga buklanadi,
buklangan chiziq bo`ylab qirqiladi, yarimdoiralardan esa yelimlab konus yasaladi,
unga ertak qahramonlarining rasmlari yopishtiriladi. Bezatish uchun
69
applikatsiyadan, qog`oz, mato, tor (krujava), tasma, iplar, tugmalar, mayda
munchoq lardan foydalangan ma`qul, ular buyumga tikib yoki yopishtirib
qo`yiladi. Qog`oz, yupqa matolarni yopishtirish yoki ulardan nimadir yelimlab
yasash uchun kraxmal kleydan foydalanish qulay. Karton, tugmalar, businalar,
tasma esa (PVA) yelimda yaxshi yopishadi.
19
Magnitli teatr. Bolalar tomonidan qog`ozli konuslar, silindrlar, porolondan
yasalgan o`yinchoqlarni magnitli teatrga ham moslashtirish mumkin. Konus va
silindrlarning tag qismlariga metal bo`laklari mahkamlanadi. Metal bo`laklarini
g`altak teshiklariga joylashtirish ham mumkin. Keyin taglik (podstavka) yasaladi.
Taglik ostida magnit harakatlanishi uchun yupqa fanerga mato bo`lagi
yopishtiriladi. Taglik yonma-yon qo`yilgan ikkita stolning chetlariga o`rnatiladi.
19
https://moluch.ru/conf/ped/archive/22/2098/
70
Barmoq teatri. Personajlar barmoqlar uchun teshiklar hosil qilingan qog`oz
yoki matodan yasalib, barmoqlarga kiyiladi. Shaklchalar yoki faqat boshchalar
chiziladi, kartonli xalqachalarga yopishtiriladi va barmoqlarga kiyiladi. Matolar
choki “igna oldinga” uslubi bilan ustki tarafidan tikiladi, yoki detallarni orqa
(astar) tarafidan tikilib, yuz tarafiga ag`dariladi. Qahramonlarni tugma, junli ip,
tasma, tor krujavadan foydalanib bezatish mumkin.
Qo`g`irchoq-raqqoslar. Ular karton yoki plastikdan tayyorlanadi. Gavda,
qo`l va oyoqchalar alohida qirqib olinadi. Keyin ular iplarda gavdaga tikib
chiqiladi, shaklchaning ortida esa – mahkam sim boglanadi.
Bunday qo`g`irchoqlar uchun maxsus sahna kerak bo`ladi. Sahnaning ort
devorchasida yupqa gorizontal tirqish bor. Devor kartondan qilinib, stolga
knopkalar bilan qotiriladi. Yonbosh taraflarda – keng pardalar, ularning ortida
shaklchalar qo`yiladi, tirqishga sim o`tkazilib, uning yordamida qog`irchoq
sahnaga chiqariladi va raqsli harakatlar boshqariladi.
71
|