• Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo’ladi
  • Qo’g’irchoqlarni boshqarishda qo’l harakati




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Qo’g’irchoqlarni boshqarishda qo’l harakati
    Qo’g’irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo’lgan yo’nalish bu uning qo’l 
    harakatchanligidir. Haqiqatdan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi 
    bo’lgan qo’l qo’g’irchoq teatrida o’zining mo’jizakorligi, sehrgarlik kuchini 
    yanada yaqqol namoyon qiladi.
    Dramaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo’g’irchoq ustasining ijodiy
    ko’magida dunyoga kelgan qahramonlar qo’g’irchoq teatri aktyori qo’li bilan
    jonlanib, mantiqli, maqsadli xatti-harakatga moyil qilinadi. Bu o’z o’rnida
    78


    qo’g’irchoq teatri aktyoridan qo’llarining naqadar harakatchan, chiniqqan,
    chidamli bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun qo’g’irchoqlarni katta mahorat
    bilan boshqarib, turli mantiqli xatti-harakatlar sodir qilish bilan birga, qo’l
    yalang’och holda, qo’lqopli holatda yoki dumaloqcha kiygan holatda turli
    harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini
    namoyon etadi. Demak, qo’g’irchoq teatri aktyorning qo’l harakatchanligi cheksiz
    imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak.
    Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo’ladi:
    1. Jismoniy harakat – bajariladigan ishning tashqi holati (kiyinish, gul
    taqdim qilish, o’sma qo’yish va boshqalar). Bu harakat asosan psixik
    harakatni amalga oshirish uchun moslama sifatida xizmat qiladi.
    2. Psixik harakat. Inson ongiga, ruhiga, holatiga ta’sir qilib, uni
    o’zgartirishga olib keladi (tushuntirish, maqtash, rad etish, kulish
    va h.k.).
    3. So’zli harakat. So’z – bu fikr bayoni. So’z sahnada aniq maqsadga
    erishish vositasi. So’z inson ruhiyatiga, ya’ni intellektiga, tasavvuriga va his-
    tuyg’ulariga har tomonlama ta’sir qilish kuchiga ega.
    Jismoniy, psixik va so’zli xatti-harakatlarning barchasi sahnada bir
    maqsadga erishish uchun yo’naltiriladi.
    Qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqboz jonsiz o’yinchoqqa jon baxsh etadi.
    Qo’g’irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat
    qiladi. Shuning uchun qo’g’irchoqboz jismoniy sog’lom, qo’l va barmoqlari abjir,
    epchil bo’lishi kerak.
    Chunki qo’g’irchoqbozning har bir qo’l harakati qahramon fikrini ifodalab
    berishi kerak. Qo’g’irchoqboz har xil holatda, tizzalab o’tirgan holatda, yotgan
    holda to’siq ortida rol ijro etishi mumkin.
    Ishtirokchilarning bo’yiga moslab to’siq yaratish maqsadga muvofiq. To’siq
    qanday balandlikda bo’lishidan qat’i nazar, uning ustki qismiga biriktirilgan taxta
    (reyka) qo’g’irchoq uchun taxminiy yuradigan maydon hisoblanadi. Aktyor
    sahnada qanday yursa, qo’g’irchoq ham shartli maydonda xuddi shunday yurishi
    79


    kerak, ya’ni reykadan pastga tushib ham, chiqib ham ketmasligi kerak. To’siqdan
    qo’g’irchoqni uchdan ikki qismi tomoshabinga aniq ko’rinishi shart. Sahna
    ichkarisiga uzoqlashgani sari qo’g’irchoqni balandroq ko’tarish kerak, chunki
    to’siqdan uzoqlashganda qo’g’irchoq tomoshabinga kichrayib ko’rinadi. 
    Qo’g’irchoq teatri dekoratsiyalari ixcham bo’lishi kerak. To’siqda jihozlar
    qancha kam bo’lsa shuncha yaxshi, chunki qo’g’irchoqlar harakati va ijrochilari
    uchun erkinlik va qulaylik yaratiladi.
    Qo’g’irchoq spektaklini musiqasiz tasavvur qilish qiyin, musiqa parda
    ochilganda, yopilganda, ko’rinish o’rtasida, sahna o’zgarishidagi bo’shliqlarni
    to’ldirib turadi, spektaklni mukammalashtiradi

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo’g’irchoqlarni boshqarishda qo’l harakati

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish