|
«Chodir jamol» teatr guruhi. Samarqand 1932-yilBog'liq Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish«Chodir jamol» teatr guruhi. Samarqand 1932-yil
«Chodir xayol» tamomila boshqacha ko’rsatiladi. Bu teatr biror binoda
joylashib, tegishli matodan chodir sahna yasaladi. Tomoshalar faqat kechqurun
bo`lgan. «Chodir xayol» teatri «Chodir jamol» teatriga nisbatan ancha murakkab
va mukammal. Parda ortida qo’g’irchoqlar iplar yordamida harakatga keltirilgan.
Mazkur teatr tomoshalari binolarning ichida, onda-sonda ochiq joylarda
ko’rsatilgan. Chodir xayol qo’g’irchoqlari xususiyatlari bilan tanishishda biz faqat
P.A.Komarov Kolleksiyasiga tayanamiz. Chunki qo’g’irchoqbozlar sovet davrida
«Chodir xayol» bilan shug’ullanmay qo`yganlar.
52
«Chodir jamol» teatr guruhi. Samarqand 1928-yil.
«Chodir hayol» teatr guruhi. Margilon 1936-yil.
53
Yozma dramaturgiya asosida bino ichida ish ko’ruvchi yangi uslubdagi
o’zbek qo’g’irchoq teatri zamonaviy teatr turlarining boshqa turlariga qaraganda
kechroq tashkil topdi. 1928-yilda Semyon Yeten rahbarligida rus yosh
tomoshabinlar teatri tashkil topadi. Ko’p o’tmay shu truppa tarkibida o’zbek
qo’g’irchoq teatri jamoasi yuzaga keladi. Unda xalq qo’g’irchoqbozi Po’latjon
Doniyorov hamda bir nechta shu san`at ishqibozlari birgalikda ish boshlaydilar.
Ammo 1930-yillarga borib moddiy sharoitning og’irligi, maxsus binoning yo’qligi
sababli mazkur qo’g’irchoq teatri truppalari tarqalib ketadi.
Nihoyat, 1939-yil 19-martda Respublika qo’g’irchoq teatri tashkil topadi.
Teatrga rejissyor va badiiy rahbar qilib Yo’ldosh A`zamov tayinlanadi. Teatr
zimmasiga viloyatlarda ish olib borayotgan qo’g’irchoq teatrlariga ijodiy yordam
ko’rsatish vazifasi yuklanadi. Yangi teatrning dastlabki yillari ikkinchi jahon
urushi yillarining ogir va suronli davriga to’g’ri keladi.
Yetishmovchilik ko’p edi. biroq teatr jamoasi uyushib kamchiliklarni
bartaraf etib, faqat bolalarga emas kattalarga ham kayfiyat ulashib, ularda galabaga
ishonch ruhini kuchaytirish yolida gayrat ko`rsatdi. Teatr urush yillarida qirqqa
yaqin spektakl hamda konsert namoyish etdi.
60-70 yillarda ham respublika qo’g’irchoq teatrida bu san`atga xos
xususiyatlarni to’la egallash, bolalar bilan qanoatlanmay katta yoshdagi
tomoshabinlarga ham xizmat qilish, spektakllarning har tomonlama to’laqonli
bo’lishiga intilish bo’yicha uzluksiz ish olib borilgan.
54
|
| |