2. O’z fikrini bolalarga o’tkazishga harakat qilmaslik;
3. Bolalarning boshqa bolalar faoliyatiga halaqit qilishlariga yo’l qo’ymaslik;
4. Rollarni faqat qobiliyatli bolalar o’rtasida taqsimlamay,
barcha bolalarga
o’zlarini turli rollarda sinab ko’rishlariga imkon berish.
Sahnalashtirish faoliyati jarayoniga yetarli darajada faol bo’lmagan bolalarni
ham jalb etish ulardagi uyatchanlik va tortinchoqlikni yengib ‘otishlariga yordam
beradi.
Sahnalashtirish uchun tanlanayotgan asar (ertak, hikoya, she’r) bolalarning
yosh xususiyatlariga mos bo’lishi va ularning hayotiy tajribasini boyitishi,
yangi
bilimlarga qiziqish uyg’otishi va ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam
berishi lozim.
Sahnalashtirish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishda vaqt davomiyligiga amal
qilish muhim rol o`ynaydi.
Mashg‘ulot davomiyligi:
- Kichik guruh 15-20
daqiqa
- O‘rta guruh 20-25 daqiqa
- Katta guruh 25-30 daqiqa
- Tayyorlov guruh 25-30 daqiqa
Yakka tartibdagi mashg‘ulot yoki umumiy guruh
tayyorgarligi haftada bir
marta 40 daqiqa davom etadi.
Sahnalashtirilgan o`yinlarda qatnashuvchi bolalar soni 12 yoki 16 nafardan
oshmasligi kerak.
Sahnalashtirilgan o`yinlar haftada ikki marta ertalab va kechki paytda tashkil
etiladi. Mashg‘ulot keng, yorug‘, havo yaxshi aylanib turadigan xonada, yumshoq
gilam, musiqa asboblari va audiotexnikalar bilan jihozlangan sharoitda olib
boriladi. Bolalar yengil, qulay sport kiyimida va yumshoq oyoq kiyimda bo‘lishlari
lozim. Birinchi sahnalashtirish o`yinlarini
bolalarni jalb etgan holda
tarbiyachining o`zi o`tkazadi. Keyinchalik mashg`ulotlarda uncha katta bo`lmagan
34
mashq va o`yinlar qo`llaniladi, ularda pedagog sheriklik qiladi va bolaga o`yinni
tashkillashtirishda tashabbus ko`rsatishni taklif etadi. Faqatgina katta guruhlarda
pedagog ba`zida o`yin ishtirokchisi bo`lishi va bolalarni syujet tanlashda va uni
o`ynashda mustaqil bo`lishga undashi mumkin.
N.F.Sorokinaning tavsiyasiga ko`ra mashg`ulotlarni har kuni o`tkazgan
ma`qul, kichik guruhdan boshlab haftasiga 2 marta 3 tadan mashq (2 ta ertalab, 1
ta kechqurun), haftaning qolgan kunlari esa – ertalab 1 va kechki payt bir
marotaba 15 daqiqadan o`tkazgan ma`qul.