• Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi
  • Ishning yakunlovchi bosqichi
  • Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/54
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,47 Mb.
    #100402
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
    Bog'liq
    Z.Teshaboyeva – 2020. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

    Tashkiliy bosqichda:
    - mavzuga oid metodik adabiyotlar o`rganiladi;
    - bolalar bilan teatr haqida suhbat o`tkaziladi;
    - «Ijodkor bola o`zida qaysi fazilatlarni rivojlantiradi?» mavzusida ota-
    onalar bilan so`rov o`tkaziladi;
    - bolalarni teatrlashtirilgan faoliyatga jalb qilish bo`yicha rejalar tahlil
    qilinadi;
    31


    - «Sahnalashtirilgan faoliyat nutq ifodaliligi vositasi» mavzusida ota-onalar
    bilan hamkorlikda maslahatlar olib boriladi;
    - bolalar va ota-onalarning xalq ertaklari bo`yicha ishlangan rasmlar “Ertak
    huzurida mehmonda” mavzusida ko`rgazma tashkil etiladi. 
    Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
    - xalq ertaklari aks ettirilgan audioyozuvlarni tinglash, videomateriallarni
    tomosha qilish;
    - «sehrli tovushlar» o`yini;
    - mustaqil ijodiy o`yinlar;
    - ertak namoyish qilish uchun qo`g`irchoq teatri jihozlarini tayyorlash;
    - «Sholg`om», «Bo`g`irsoq» ertaklarini kichik va o`rta yosh guruhida ota-
    onalar va bolalar hamkorligida namoyish qilish.
    Ishning yakunlovchi bosqichi:
    - bolalar ijodiy qobiliyatini aniqlash ;
    - ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni boyitish;
    - ma'ruza shaklida qilingan ish natijalari haqida hisobot qilish.
    § 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish.
    Maktabgacha ta`lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati jarayoni natijasida
    bolalarda (badiiy nutq, musiqali o‘yin, raqs) tasavvur va xayol shakllanadi va
    rivojlanadi.
    Sahnalashtirish va ijodiy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va tashkil etish
    vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkilot musiqa rahbari (rejissyor)
    va tarbiyachi hamkorligining to‘g‘ri tashkil etilishi muhimdir. Musiqa rahbari
    nafaqat bayram tadbirlari yoki sahnalashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etadi, balki
    tarbiyachi-pedagoglarga bu borada uslubiy yordam beradi va tuzatishlar kiritib
    boradi.
    Musiqa rahbari (rejissyor) tarbiyachilarga sahnalashtirish faoliyatidagi
    an’anaviylikdan ko‘ra yangi qiziqarliroq yondashuvlarni ko`rsatishi va tadbirlarga
    32


    faol sahna o‘yinlarini qo‘shishi kerak bo‘ladi. Rejissyor o`zi ifodali o‘qishni,
    hikoya qilishni, eshitishni bilishi, turli obrazga kirishishga tayyor turishi va
    aktyorlik mahoratini mukammal egallagan bo‘lishi kerak.

    Download 2,47 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga

    Download 2,47 Mb.
    Pdf ko'rish