III BOB
SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA
IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING METODLARI.
§ 6. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni
rivojlantirishning metodlari.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: chodir jamol, chodir xayol, fonus
xayol, niqob, kоrfarmon, arusak, lubat.
Teatr pedagogikasi o'zining rivojlanib borishi davomida ma’lum tarbiyaviy
ta’sir vositalariga ega bo'lgan. Miloddan avvalgi VI – milodiy IV-V asrlarda
Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda yuzaga kelgan
antik teatr Yevropa teatr san`atining tug`ilishiga olib kelgan. Uning ijodiy
ko`rinishlari (qo`shiq aytish, o`yin raqs), musiqa, she`riyatdan iborat bo`lgan.
Qadimgi Yunonistonda madaniy meros bilan tanishtirish, qonunlarga
nisbatan hurmatni tarbiyalash maqsadida bolalar teatrga jalb etilgan (bolalar xori).
Ba`zi teatr tizimlari esa notiqlik, raqs va qo`shiq aytishga asoslanib, ularda
o`yin tamoyili birinchi o`ringa chiqarilgan.
Teatr niqobi o'yin namoyishlarining ifodali vositasi hisoblangan. Niqob
insonning emotsional holati, hissiyotlari, kayfiyati va olamga bo'lgan munosabatini
ifodalashga ko'maklashgan. Fransuz filosofi Rene Jan-Mari-Jozef Genon o'z
tadqiqotlarida niqobning chuqur imkoniyatlarini yoritib bergan: «Karnavalda har
bir qatnashchi ongsiz ravishda bo'lsa-da, o'zining mayliga ko`proq mos keladigan
niqobni tanlaydi. Individning yuzini yashirishga mo'ljallangan niqob aslida u
yashirishga majbur bo'lgan ichki dunyosini yaqqol namoyon etadi». Teatrga jalb
etilgan bolalarda axloq, yaxshilik va o'rab turgan olamga insonparvarlik bilan
yondashish xislatlari tarbiyalangan. Teatrlashtirilgan harakatlarda niqobdan
foydalangan holda, bola emotsional bosim, hayolparishonlik, uyatchanlikni
yashirishi mumkin edi. Bu esa unga uzoq vaqt yashirin bo'lgan, namoyish etilishi
«ta'qiqlangan» hissiyotlari va kayfiyati bilan tutashib, ularning axloqiy mazmunini
tushunish imkonini bergan.
37
Antik davr pedagogikasida teatr san`atining rolini tahlil etish natijasida
olingan xulosaga ko`ra, asosiy maqsad – adabiyot, musiqa va teatr vositalari orqali
bolalarni estetik tarbiyalashdir. Aristotel taklif etgan boshlang`ich ta`lim tizimida
tasviriy san`at, musiqa, gimnastika, teatr darslari o`rin olgan. Aflotunning epos ,
musiqa va sahna san`atining tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ta`limoti ham teatr
pedagogikasi shakllanishida katta o`rin egallaydi.
Xristianlik shakllanishi davrida san`at haqidagi quyidagi tasavvur ustunlik
qilgan: «San`at diniy haqiqatlarni bilish va o`zlashtirishda yordamchi vosita bo`lib
xizmat qiladi». Teatr va musiqa san`atining bola hissiyotlariga axloqiy ta`siri sabab
unda emotsional ko`ngilchanlik shakllangan.
Xudoga sig’inish, uni ilohiylashtirish, «odamlashtirish», ritual
harakatlarning o`tkazilishi ifodalilik vositasiga ehtiyoj tug`dirdi. Natijada
qo`g`irchoqlar teatrga ifodalilik vositasi sifatida kirib keldi.
Qo`g`irchoq teatri – teatr tomoshalarining turi bo`lib, o`rta asrlar davrida
keng tarqalgan. Bunda qahramonning xarakteri, hissiyotlarini aks ettiradigan
qo`g`irchoq, uning kostyumi, ko`rinishi, «jonlanishi»; dekoratsiyalar asosiy ifoda
vositasi hisoblangan.
Sayoq aktyorlar, masxarabozlar, akrobatlar xalq pedagogik g`oyalarining
tarqalishiga katta hissa qo`shgan. Ular badiiy taassurotlar va xalqona qarashlarni
ifoda etuvchi bo`lib xizmat qilgan.
Uyg`onish davrida teatrning ijodkor insonni tarbiyalashdagi roliga yanada
katta e`tibor qaratildi. Notiqlik san`ati, ijro mahorati, namoyish etilayotgan
pyesalarning xilma-xil janrlarda ekani tomoshabinlarni lol qoldirgan. Teatrda
to`laqonli ishtirokchi bo`lgan bolalar teatr uchun kostyum, dekoratsiyalar,
o`tkazilish joyi va sahna san`atining boshqa vositalarini tayyorlashda faol
qatnashganlar.
Ma`rifat asri (XVII-XVIII asrlar)da ayniqsa, Rossiyada uy teatrlari keng
tarqaladi. Qishloq va hovli-joylardagi uy teatrlarida dehqonlarning bolalari o`ziga
xos aktyor sifatida ishtirok etardi. Taxmin qilish mumkinki, jamiyatning oliy
38
qatlamlariga mansub tomoshabinlar auditoriyasi o`zi estetik zavq olgan holda
bolalar qalbini tushunmagan bo`lishlari mumkin, ularning sahnadagi nutqiga bola
tushunchasiga xos bo`lmagan murakkab jumlalar, qiyin monologlar qo`shilgani
ham haqiqatdan yiroq emas.
Lekin oila tarbiyasini o`rganishda uy teatrining ahamiyatini hisobga olmay
bo`lmaydi. Taniqli rus ma`rifatchisi va pedagogi, uy teatri asoschisi
A.T.Bolotovning fikricha, «spektaklga tayyorgarlik davrida oila a`zolari
tomonidan ko`rsatiladigan madad bola tarbiyasida alohida ijobiy rol o`ynashi
mumkin».
XVI-XVII asrlarda uy teatrlari qatori maktab teatrlari ham ommalashib
bordi. XVIII asrda Rossiya maktablarini qurshab olgan pessimiяm, yomon kayfiyat
va o`z joniga qasd qilish kabi holatlardan saqlash maqsadida o`qituvchilar diniy
mavzudagi teatr tomoshalarini qo`llab-quvvatlagan.
Shu bilan bir qatorda XIX-XX asrlarda pedagogika sohasida teatrga axloqiy
va badiiy-estetik tarbiyaning asosiy elementi sifatida qarash shakllanadi.
N.A.Berdyayev, V.M.Solovyov kabi ijodning psixologik asoslarini tadqiq etgan,
ijodkor shaxsning shakllanishi muammolarini o`rgangan mutafakkirlarning falsafiy
asarlari teatr pedagogikasining shakllanishiga turtki bo`ldi.
Rus shoiri, adabiyotshunos, teatr pedagogi Nikolay Nikolayvich Baxtin
bolalarda «dramatik instinkt» mavjudligini e`tirof etdi.Bu esa teatr san`atining
muhimligini yana bir bor eslatdi. Baxtin bolalardagi ushbu «instinkt»ni
rivojlantirib borishni tavsiya etdi. U oilada ulg`ayayotgan bolalarga qo`g`irchoq
teatri, komik teatr, soya teatrining mos kelishini va ularda ertak, tarixiy, etnografik
va maishiy mazmundagi pyesalarni qo`yish mumkinligini ta`kidlab o`tgan. Uning
fikricha, teatrda o`ynash 12-yoshgacha bo`lgan bolaning bo`sh vaqtini foydali
o`tishiga xizmat qiladi.
Kattalarning to`g`ri boshqaruvi ostida bolaning dramatik o`yinga bo`lgan
qiziqishi uning rivojlanishi uchun ulkan naf keltirishi mumkin. Rus teatr
pedagogikasida, XX asr 20-yillariga to`g`ri keluvchi bola mustaqilligi muammosi
39
«pedagogik romantizm davri»da, ko`p muhokama qilingan. Bu davrda maktab-
kommunalar amalda bo`lib, ta`lim berishning yangi uslublari, jumladan
A.S.Makarenko, V.N.Soroki, Rosinskiy, S.T.Shatskiylarning kollektiv tarbiya
uslublari qo`llanilar edi.
Zamonaviy bola tashabbuskorligining ildizi rus inqiloboldi va chet el
islohotchilik pedagogikasiga, 1920-yillarning pedagoglari yaratgan nazariy asosga
borib taqaladi. 1920-yillar maktab dasturiy hujjatida quyidagicha yozilgan edi:
«Agar umuman o`yin, jumladan dramatik o`yin bola hayotida shunchalik katta
o`rin egallasa, boshqa ko`rinishda ifodalanish bola tabiatining asosiy xislatlaridan
bo`lsa, u holda shunisi aniqki, maktab va tarbiya bu xislatni na chetlab o`ta oladi,
na bu xislatga tegishli biron narsani hayotdan va dasturdan o`chira oladi. Aksincha,
bolaning dramatik instinktidan pedagogik maqsadda foydalanish, maktabda
bolalarning dramatik ijodiga lozim darajada o`rin ajratish psixologiyaga
asoslangan pedagogikaning vazifasidir».
1930-1940-yillarda nashriyotda teatr muammosini muhokama etish anchayin
susaydi. Bu– qatag`on yillari va Ikkinchi jahon urushi bilan bogliq.
Zamonaviy bosqichda bolalar bilan teatrlashtirilgan faoliyatga bo`lgan
qiziqish ortgan. Voqelikka bo`lgan faol ijodiy munosabat, insonga va
insonparvarlikka yo`naltirilgan pedagogik dasturlar va texnologiyalar hozirda
ilg`or g`oyalar deb hisoblanmoqda. Rossiyalik pedagog-psixolog, teatr pedagogi
Vyachislav Mihaylovich Bukatov, Rossiyalik pedagog A.P.Yershova va boshqalar
san`at yordamidagi estetik tarbiyaga didni, hissiyotni rivojlantiruvchi, tabiat, borliq
va o`z-o`ziga munosabatni shakllantiruvchi jarayondek baho berib, uning
qimmatliligini alohida ta`kidlaydilar.
Hozirda bolalarning teatr san`atida ishtirok etishi tajribasi quyidagi mustaqil
yo`nalishlarda keltirilgan:
- professional san`at;
40
- bolalar teatr pedagogikasi bo`yicha yig`ilgan nazariy va empirik
bilimlarni «bolalar teatr pedagogikasi» degan maxsus fanga
aylantirish va OTMlar dasturiga kiritish ehtiyoji tug`ilmoqda;
- oilaviy teatr (teatrlashtirilgan bayramlar, gurunglar, badiiy sahnalar va
b.);
- teatr o`quv fani sifatida (teatr va teatrlashtirish elementlarini
fanlarning tarkibiy qismi sifatida o`quv rejalariga qo`shish, negaki bu
teatr san`ati g`oyalarini amalga oshirish va bolalarning ijodi, ijtimoiy
layoqatini rivojlantirish maqsadida aktyorlik treningini qo`llash
imkonini beradi);
- teatr pedagogikasi (pedagoglarni professional tayyorlash va qayta
tayyorlash talab etiladi, bu esa doimiy bir xil dars ko`rinishini
o`zgartirishga yordam beradi).
Zamonaviy pedagogikada adaptatsion va kommunikativ vazifalarni hal etish
uchun teatrdan ko`p foydalanilmoqda. Bolalar teatr jamoasi esa bola shaxsini
rivojlantiruvchi muhit sifatida, ta`lim, tarbiya va psixologik korreksiya vositasi
sifatida ko`rilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq
teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq
haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Ma’lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. Jajji kichkintoylarning sevimli teatri, bu qo’g’irchoq
teatridir.
Dunyo qo’g’irchoq teatrlarining bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini
shakllantirishdagi tarbiyaviy xususiyati turli usullar va vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, qo’g’irchoq teatri estetik tuyg’ularni,
bolalarning qiziquvchanligi va tasavvurini rivojlantirish uchun juda qulay vosita
hisoblanadi.
41
Dunyo sivilizasiyada tashkil etilgan qo`girchoq teatrlari
|