b) quvnoq kayfiyatda;
c) savol ma`nosida;
d) jahl chiqqan holda;
e) muloyim, xotirjam kayfiyatda.
Rejissyorlik qobiliyatini aniqlash uchun bolalarga ertak mazmuniga
ssenariy tuzish, rollarni taqsimlash, ertak sahnalashtirish va repititsiya qilish
topshiriladi.
Sahna bezash qobiliyatini aniqlash uchun ertakka mos dekoratsiya,
kostyum va atributlarni taklif etish so`raladi.
Boladagi tomoshabinlik qobiliyatini aniqlash uchun tomosha tugagach,
o`yin tarzida suhbat o`tkaziladi:
- Ertak nima haqida ekan?
- Ertak tomosha qilib nimani tushundingiz?
- Senga ko`proq qaysi qahramon yoqdi?
- Uning xarakteri qanday?
- Qahramonlar bilan sodir bo`lgan voqea paytida sen o`zingni qanday his
qilding?
- Ertakda biron voqea yoki holatni o`zgartirishni xohlarmiding? - kabi savollar
orqali bolalarning fikr-mulohazalari o`rganiladi.
Sahnalashtirish o’yinlari orqali bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni aniqlash
uchun tarbiyachi tomonidan quyidagilardan foydalangan holda tashxis o`tkazilishi
mumkin.