- Sahna bezash qobiliyati;
- Tomoshabinlik qobiliyati.
Aktyorlik qobiliyati – personajning emotsional holatini tushunish va unga
muvofiq tarzda to’g’ri keladigan ifoda vositalari: ovoz, mimika, pantomimikani
tanlay bilish, ifodali o’qish, mimikada turli hissiyotlarni ko’rsata olish sifatlarini
namoyon qilishdir.
11
Rejissyorlik qobiliyati – qahramonlarning qilmishlari sabablarini tushunish,
syujet chizigidan chiqmaslik, voqeaning sabab-oqibat jihatidan bog’liqligini
ta`minlash, ijro muhitini yaratish, bir vaqtning o’zida rol o’ynayotgan
ijrochilarning bir nechtasini boshqara olish sifatlarini namoyon qilishdir.