Kirish
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy
jarayonlar dunyoning g`oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o`zgartirib, yangicha
tafakkur va dunyo qarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. 2017-2021-yillarga
mo`ljallangan «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha
Harakatlar strategiyasi», O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ta`lim
bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta`minlash, ta`limning
zamonaviy
metodologiyasini yaratish, o`quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish takomillashtirishni taqozo etadi.
O`zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`grisida»gi
qonunihg 4-moddasida har bir bolaning iste`dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi, maktabgacha bo`lgan
yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish oila hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti
tarbiyabiy ta`sirining
birligi keltirilgan
1
.
2017-yilning 16-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev rahbarligida bo`lib o`tgan yig`ilishda maktabgacha ta`lim tizimini
tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish hamda mazkur tashkilotlarga bolalarni to`la
qamrab olish bo`yicha muhim vazifalar qo`yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida
qisqa vaqtda uchta yirik hujjat – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-
sentabrdagi «Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to`grisida»gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta`lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`grisida»gi PF-5198-sonli
Farmoni qabul qilindi.
Maktabgacha yosh-shaxsning dastlabki kamol topish davridir
Har bir bola
shaxsining rivojlanishi, jumladan ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda uni
adabiyotga, san`atga qiziqish va xalqimizning boy
madaniy merosiga nisbatan
hurmatni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishda pedagog yetakchi ro`l
o`ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda
1
«Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni. O`RQ-595-son 16.12.2019
5
tarbiyaning turli metodlarini qo`llash va «Ilk qadam»davlat o`quv dasturida
belgilab berilganidek, o`quv tarbiyaviy faoliyatning o`zaro uyg`unligini
ta`minlash, ularni o`yin
tarzida tashkil etish lozim
2
.
«Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish» fani talabalardа
pedagogik ijodkorlik hamda pedagogik kvalimetriya kompetensiya sifatlarini
shakllantirishga zamin yaratadi. Chunki, sahnalashtirish faoliyatida tahlil, sintez,
qiyoslash va taqqoslash jarayonlari amalga oshiriladi. Bo`lajak tarbiyachilarda
kvalimetrik kompetensiyani rivojlantirishda ta`lim jarayonini maqsadga muvofiq
tashkil etish va boshqarishni rejalashtirish, o`quv jarayonini modernizasiyalash,
маzkur jarayonni metodik va texnik jihatdan ta`minlash alohida ahamiyat kasb
etadi.
«Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish» fani
maktabgacha
ta`lim tashkiloti va oila bilan hamkorlikni amalga oshirishning samarali yo`llarini
ko`zda tutadi. Mazkur o`quv qo`llanma maktabgacha ta`lim yo`nalishi tizimida
faoliyat ko`rsatayotgan pedagoglar,
uslubchilar, oliy ta’lim muassasalarining
maktabgacha ta`lim yo`nalishi talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo`lib xizmat
qiladi.