167
Sharobmateriallarni shampanizatsiyaga tayyorlashda, filtrlash, kupajlash,
biologik yo‘l bilan kislorodni yo‘qotish, pasterizatsiyalash o‘tkaziladi. Ish jarayoni
25-40 sutka davom etadi, keyin Sharob 30 sutkadan ko‘p dam oldiriladi. Tayyor
Sharobmateriallar Shampanizatsiyalashga yuboriladi.
Bizning Respublikamizda Shampan Sharobini ishlab chiqarishning asosiy
usullari bu – rezervuar usuli xisoblanadi. Shampanizatsiya quyidagi yo‘l bilan
amalga oshiriladi: qayta ishlangan kupaj Sharobmateriallaridan bijg‘itiladigan
aralashma tayyorlanadi. Bijg‘itish jarayoni 6-8 ketma–ket qo‘yilgan apparatlardan
tarkib topgan bijg‘itish batareyasida amalga oshiriladi.
Bijg‘itish batareyasidan taxminan to‘liq bijg‘igan Sharob 3-4
0
C gacha
sovutiladi va 24 soat shu haroratda saqlanadi. Sovuqda saqlash Sharobning
tarkibini stabilizatsiyalashga yo‘l ochib beradi. Nordon, nimnordon, nimshirin
Shampan Sharobi olish uchun Sharobga kerakli miqdorda ekspeditsion likyor
qo‘shiladi va dam oldiriladi. Qayta filtrlangandan so‘ng Shampan Sharobi
idishlarga quyiladi.