168
16.
Pivo ishlab chiqarishda asosiy jarayonlarni
nazorat qilish.
Pivo kam alkogolli, jilvali, qulmoqga xos bo’lgan hidga va yoqimli taxir mazali
ichimlik. Uni ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo arpa solodi, qulmoq va
suv hisoblanadi. Ayrim navli pivolarni ishlab chiqarish uchun solod bilan birga
yordamchi mahsulotlar ham ishlatiladi. (maydalangan arpa, maydalangan guruch
yoki guruch oqshog’i,
yog’sizlantirilgan jo’xori
yormasi yoki uni,
yog’sizlantirilgan soya uni).
Pivoning
ta’mi
va
xushbo’yligi
uning
tarkibidagi
ekstraktiv
moddalardan, qulmoqdagi taxir va xushbo’y moddalardan, spirt va bijg’ish
jarayonidan hosil bo’lgan boshqa mahsulotlardan hosil bo’ladi.
Pivoni karbonat angidridi bilan to’yinganligi unda chanqov bosdi xususiyatini
oshiradi. Shu xususiyatlarni e’tiborga oladigan bo’lsak, pivoga bo’lgan
talab
kundan-kunga ortib bormokda.
Pivo asosan och rangli, to’q rangli va alkogolsiz navlarga bo’linadi. Och
rangli
navlarga:«Arpa boshog’i», «Mehnat », «Patriot», «Qibray 1»...To’q rangli
navlarga:«Olmaliq pivosi»,«Qibray 8»...
Har bir nav pivo standartda ko’rib chiqilgan aniq rangga, tarkibidagi alkogol
va ekstraktiv moddalar miqdoriga qarab tavsiflanadi.
Pivo ishlab chiqarishning
asosiy jarayonlari quyidagilardan iborat: xom-ashyoni qabul qilish( arpa,
qulmoq,suv),
solod tayyorlash , pivo
Sharbatini pishirish jarayoni, bijg’itish,
pivoni etiltirish jarayoni (dobrajivanie) tayyor mahsulotni
quyish va sifatini
baholash(degustatsiya).