• Qulmoq(xmel’)
  • Kimyoviy tarkibi
  • Xom-ashyoni nazorat qilish: Arpa-




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    1.Xom-ashyoni nazorat qilish: Arpa- pivo ishlab chiqarishda asosiy xom-
    ashyo arpa hisoblanadi.Yaxshi sifatli pivo olish uchun yaxshi navli arpa ishlatiladi. 
    Zavodga keltirilgan arpaning avvalo tashqi ko’rinishi (rangi ,hidi, mazasi) mexanik 
    tarkibi (o’sish energiyasi, yashashga barqarorligi, mayda- yirikligi, naturasi), 


    169 
    kimyoviy tarkibi(namlik miqdori, kraxmalliligi,ekstraktivligi,oqsil moddalar 
    miqdori).
    Qulmoq(xmel’) - Pivo ishlab chiqarishda qulmoq ham xom-ashyo
    sifatida ishlatiladi va pivoni ta’mini, tipikligini, xidini beruvchi asosiy 
    material xisoblanadi. Qulmoq ko’p yillik o’simlik. Qulmoqni etilish 
    jarayonida xar bir gulbarg tagida zangori-yaltiroq yopishqoq urug’ hosil bo’ladi. 
    Ularni lupulin donlari deyiladi. Lupulin qulmoqning eng asosiy qimmat baxo 
    qismi xisoblanadi. Uning tarkibida xushbo’y xid beruvchi va o’ziga xos bo’lgan
    achchiq moddalar bo’lganligi sababli pivo ishlab chiqarishda 
    ishlatiladi. Bu moddalar pivoga yoqimli achchiq ta’m va nafis qulmoq xidini berib 
    turadi, pivoni uzoq muddat saqlash va ko’pik Hosil qilish qobiliyatini 
    ko’paytiradi.
    Qulmoq Ukraina va Rossiyada ko’p etishtiriladi.Dunyo bo’yicha 
    CHexoslovakiyada etishtirilgan qulmoq eng yaxshi qulmoq xisoblanadi 1 ga dan 
    600-900 kg quruq qulmoq yig’ib olish mumkin. Agar yaxshi sharoit bo’lsa, 1 ga 
    1500 kg quruq qulmoq olish mumkin. 
    Kimyoviy 
    tarkibi
    Qulmoq 
    o’zining 
    tarkibi 
    bilan 
    boshqa 
    o’simliklardan farq qiladi. Uning tarkibini protein moddalari, yog’, vosk, azotsiz 
    ekstraktiv va mineral moddalar tashkil etadi. Qulmoqning o’ziga xos bo’lgan 
    tarkibi: achchiq moddalar, qulmoq yog’i, va oshlovchi moddalar pivo ishlab 
    chiqarishda katta ahamiyatga ega. Qulmoqning achchiq moddalari - bu qulmoq 
    smolasi va achchiq qulmoq kislotasidir. Achchiq moddalar ekstraksiya yo’li 
    bilan ajratib olinadi.
    Qulmoq tarkibidagi achchiq (taxir) moddalar murakkab aralashma 
    hisoblanadi. Pivodagi qulmoqga xos bo’lgan taxirlik, xushbo’ylik, antiseptik va 
    ko’pik Hosil bo’lishi gumulon gruppasiga bog’liq.. Bu esa pivo Sharbatini qulmoq 
    bilan qaynatganda Hosil bo’ladi. Kulmoq tarkibidagi achchiq moddalar antiseptik 
    xususiyatiga ega bo’lib, achitqiga xech qanday ta’sir etmaydi.


    170 
    Qulmoqdagi achchiq moddalar miqdori quruq qulmoqga nisbatan 26 % ni, 
    tashkil etadi
    Kulmoq yog’i esa qulmoqning xushbo’y xidini taratuvchi vositadir. Qulmoq 
    yog’i efir moylariga mansub, ular 20 dan ortiq kamponentlarning aralashmasidan 
    Hosil bo’ladi. Qulmoq yog’i oddiy xaroratda bug’lanib uchib ketishi mumkin. 
    Qulmoqdagi efir moylari 0,174-0,640 % bo’lishi mumkin. Saqlash jarayonida 
    qulmoq o’zining xushbo’yligini qisman bo’lsa ham yo’qotadi. Efir moylari 
    smolaga, ayrim komponentlari esa kislotalarga aylanishi mumkin.

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish