171
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan. suv faqatgina iste’mol suviga qo’yiladigan
talabga javob berishidan tashqari ishlab chiqarish korxonasi xususiyatiga ham talab
berishi kerak.
Suv - tiniq, rangsiz, yoqimli mazaga ega, u begona hidlarsiz, ta’mga va zararli
mikroorganizmlar bilan zararlangan bo’lmasligi kerak.
Bundan tashqari uning kimyoviy ko’rsatkichlari:
qattiqligi, ishqoriyligi,
oksidlanuvchanligi va quruq qoldiq miqdori (suxogo ostatka) tarkibida cho’kma
bo’lmasligi bilan ham talabga javob berishi kerak.
Suvning qattiqligi. Tabiiy suvning xususiyati
uning tarkibidagi eruvchi
kal’siy va magniy tuzlarini miqdorini aniqlash bilan aniqlanadi va u suvning
qattiqligi deb yuritiladi.
Suvning qattiqligi 1l suv tarkibidagi umumiy kal’siy va magniy ionlarining
mg-ekv. mikdori bilan tavsiflanadi. Bir litr suv tarkibida 1,5 mg-ekv kal’siy va
magniy ionlari bo’lsa, bu suv juda yumshoq suv, 1,5-3 m-ekv bo’lsa, yumshoq, 3-
6 mg-ekv o’tracha
qattiqlikdagi suv, 6-10 mg-ekv qattiq, 10 mg-ekv dan ko’p
bo’lsa juda qattiq suv deyiladi. Qattiq suvlarni ishlab chiqarishda ishlatishdan
oldin ularga qayta ishlov berilib, kal’siy va magniy ionlari
olib tashlanadi va shu
yo’l bilan suv yumshatiladi.
Suvning qattiqligi 3 xil bo’ladi; vaqtinchalik, doimiy va umumiy qattiqlik.
Suvning vaqtinchalik qattiqligi (J
v
) bu suv takibida SaSO
3
va MgSO
3
suv
takibida borligi bilan ifodalanadi. Suvni qaynatilganda tuzlarni bir qismi
yo’qotilganligi uchun korbonatli qattiklik deb ham yuritiladi.
Suvning
vaqtinchalik qattiqlik mikdoriyligi bir soat qaynatilgan suv tarkibidan chiqib
ketgan karbonatlarning miqdori bilan tavsiflanadi.
Doimiy qattiqligi (J
p
) bir soat qaynatilgan suv tarkibida qolgan Sa va Mg ning
(karbonatsiz) boshqa tuzlarini mikdori tushuniladi.
Suvning umumiy qattiqligi (J
o
) esa vaqtinchalik va doimiy qattiqliklarni
yiindisi bilan ifodalanadi va suv tarkibidagi Sa va Mg kationlarini
konsentratsiyasini tavsiflaydi