176
Sharbatni fil’trlash- Quyuq shira tortgan zatorni fil’trlash jarayonida Sharbatni
fil’trlash va don turpini (drobina) yuvish bosqichlari o’tadi. Fil’trlash jarayoni
fil’tr chan yoki fil’trpressda olib boriladi. Fil’tr chanda channi elakli yuzasiga
cho’kkan don turpi, fil’trpressda esa qalin paxta tolali mato fil’trlovchi qatlam
vazifasini o’taydi. Bu jarayonda Sharbatning tiniqligi, hidi va mazasi,zichligi
nazorat qilinadi.
Pivo Sharbatini qulmoq bilan qaynatish -Sharbatni qulmoq bilan qaynatish
- Sharbatni bug’lantirish , fermentlarni inaktivatsiyalash, yuqori molekulyar
oqsillarni cho’kmaga tushirish, hamda qulmoq tarkibidagi taxir va xushbo’y
moddalarni eritmaga o’tkazish, Sharbat va pivoga taxir ta’m va qulmoqga
xos bo’lgan hidni berish uchun kerak. Bu jarayonda qaynash intensivligi,
Sharbatni tiniqligi va qandlashtirilganligi nazorat qilinadi.