4
Kirish
Respublikamiz mustaqillika erishgandan so’ng, xalq xo’jaligining muhim
tarmog’i, qishloq xo’jaligiga tubdan katta etibor berilib rivojlana boshladi. Bunga
misol qilib uzumchilik va vinochilik soxasini ko’rsatsa bo’ladi. O’tgan yillar
ichida uzumchilik va vinochilik sanoatiga nazar solsak ishlab chiqarilayorgan
nordon vinolar, disert vinolar va boshqa vino turlari bir qator ko’rgazma va
yarmarkalarda salmoqli o’rinni egalagan. Xozirgi vaqtga kelib vinochilik sanoati
ham bozor iqtisodiyotida rabobatni keltirib chiqarmoqda. Buning samarasi esa
vinochilik sohasida ko’proq izlanishlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
28.02.2018 y. №PQ-3573
VINOCHILIK SOHASINI VA ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI REALIZATSIYA
QILISHNI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
O‘tgan davr mobaynida xom ashyo bazasini yaratish va rivojlantirish, sifatli va
raqobatbardosh vinochilik va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish, eksport
salohiyatini oshirib borish, shuningdek, ushbu sohaga chet el investitsiyalarini jalb
qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, tizimga oid bir qator muammolar va kamchiliklar sohaga
alkogolli mahsulotlarni ishlab
chiqarish, qayta ishlash va sotishning ilg‘or
texnologiyalarini joriy etish, eksport salohiyatining barqaror o‘sishini ta’minlash,
sohani boshqarishning samarali tizimini yaratish imkonini bermayapti, shu jumladan:
birinchidan, uzumning texnik navlari maydonlarining keskin qisqarib ketishi, ularni
etishtirish bo‘yicha ilg‘or usullarning sust joriy etilishi, uzumzorlar hosildorligining
pastligi, shuningdek, fermer xo‘jaliklarining etarlicha manfaatdor bo‘lmasligi
vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari pasayib ketishi va qayta ishlash
quvvatlaridan samarasiz foydalanishning tizimli
sababiga aylandi;
ikkinchidan, oziq-ovqat etil spirti, pivo pishirish, likyor-aroq va boshqa
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yangilash va texnik jihatdan
qayta qurollantirish bo‘yicha qo‘llanayotgan texnologik siyosat samaradorligining past
5
ekanligi, ularga mavjud muammolarni samarali hal etish, shuningdek, yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishda ko‘maklashish
imkonini bermayapti;
uchinchidan, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish
hajmlarini istiqbolli
boshqarishning rejali metodi ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmini sotish
bozoridagi ishlarning amaldagi holatini hisobga olib mustaqil belgilash, shuningdek,
eksport ulushini oshirish va milliy brendni xorijiy bozorlarga ilgari surish imkonini
bermayapti;
to‘rtinchidan, alkogolli mahsulotlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish va
hisobga olish tizimlari tatbiq etilishining past darajadaligi sifatsiz va
sertifikatlashtirilmagan alkogolli mahsulotlar aylanmasi
uchun shart-sharoitlar
yaratmoqda; beshinchidan, “O‘zvinosanoat-xolding” AJ tarkibida sohaga oid
bo‘lmagan korxona va tashkilotlarning mavjudligi ortiqcha moliyaviy xarajatlarga,
shuningdek, ularning sohadagi faoliyati samaradorligining kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, xalqaro hamkorlikning etarlicha darajada bo‘lmaganligi ishlab chiqarish
siklini takomillashtirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish, alkogolli
mahsulotlarning marketing siyosatini va ularni brendlashtirishni kuchaytirish, yangi
sotish bozorlariga olib chiqish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O’zbekistonda bugungi kunda katta – kichik 70
dan ortiq zamonaviy
jihozlangan korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda ajoyib vino navlarini va sifati
haqida gapirishga hojati bo’lmagan konyak ishlab chiqarilayotgan yuqori malakali
mutahassislar ishlamoqda.
Uzumchilik yerlari bo’yicha O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
(MDH) davlatlari orasida 6-o’rinni egallaydi, mazasi va shakari bo’yicha esa
birinchilar qatoridadir. Uzum ko’chatlarini ekilishi, ko’payishi bilan bir qatorda past
sifatli, kam meva beradigan uzum navlarini rekonstruksiya qilinib ularning o’rniga
qimmatli va hosildorligi yuqori bo’lgan uzum navlari ekilgan.
6
Mamlakatimizda uzumchilik va vinochilik sanoati milliy iqtisodiyotimizning
juda samarali tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Vino nafaqat alkogolli mahsulot balki
oziq ovqat va t’am beruvchi xushbo’y mahsulot hamdir.
Texno-kimyoviy nazorat laboratoriyalarda tekshirishlar
olib borishga katta
imkoniyatlar beradi. Tekshirish ishlari doimiy mahsulot sifatini aniqlab,
kamchiliklarni vaqtida bartaraf qilish va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlaydi. Mikrobiologik va texnologik nazorat xom-ashyo, yarim
tayyor mahsulot, tayyor mahsulotlarning tashqi ko’rinishi, o’rash va qadoqlashni
o’z ichiga oladi.
O’simlik xom ashyosini tarkibi taxminan bir xil xisoblanadi. Hamma o’simlik
xom
ashyosi tarkibida suv, har xil uglevodlar, azotli moddalar, yog’lar va
boshqalar uchraydi. Modda miqdorini aniqlash prinsipi bir xil bo’lgani uchun
qanday xom ashyo bo’lishidan qa’tiy nazar uni qo’llash mumkin.