11
- o’z resursini sarflaydigan mahsulot.
Mahsulot sifatining ko’rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash
quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
- mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini
va vazifasini;
- iste’molchilar talablarining tahlilini;
- mahsulot sifatining tavsiflanuvchi
tarkibini va tuzilishini;
- sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to’rt toifaga bo’lish mumkin:
* texnikaviy;
*
tashkiliy;
* iqtisodiy;
* ijtimoiy.
Nazorat qilish deganda mahsulotni sifat ko’rsatkichi texnik talablarga javob
berish
tushuniladi. Nazorat qilish usullari quyidagilarga bo’linadi.
Kirish nazorati- korxonalarga kirib kelayotgan mahsulotlar sifati nazarda tutiladi.
Bunga texnik ko’rik (ko’rinishi va orgonaleptik nazorat) va jixozlar orqali nazorat
tushuniladi.
Ishlab chiqarish nazorati- bunga ishlab chiqarish jarayonidagi nazorat kiradi. U
yordamchi, tayyorlovchi va texnologik operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Ishlab
chiqarish jarayonidagi hamma texnologik va kimyoviy nazorat amalga oshiriladi.
Sistema nazorati - bu nazoratlar yig’indisi bo’lib, bunga jixozlarga, priborlarga,
reaktivlarga va bajaruvchilarga qo’yiladigan nazorat talablarini o’z ichiga oladi.
Qabul qilish nazorati - bu tayyor mahsulot ustida olib boriladigan nazorat turi
bo’lib, GOST ga to’g’ri kelishi tekshiriladi. Ushbu
nazorat orqali mahsulot
12
iste’molga yaroqligi tekshiriladi. qabul kilish nazorati korxona laboratoriyasida
amalga oshiriladi.