• Standart namuna - m
  • O’lchash vositalari va ularning turlari




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/103
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,5 Mb.
    #117611
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
    Bog'liq
    BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

    O’lchash vositalari va ularning turlari
    Ma’lumki, o’lchashni biror bir vositasiz bajarib bo’lmaydi.
    O’lchash vositasi  deb o’lchashlar uchun qo’llaniladigan va me’yorlangan 
    metrologik xossalarga ega bo’lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
    O’lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi 
    katta yoki kichik bo’lishi mumkin. O’lchash vositalari me’yorlangan metrologik 
    xosalarga ega bo’lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib 
    turiladi. O’lchash amalida o’lchanayotgan kattalikning qiymati to’g’ri aniqlanishi 
    aynan mana shu o’lchash vositasining to’g’ri tanlanishiga va ishlashiga bog’liq.
    O’lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
    mumkin: 
    * o’lchovlar; 
    * o’lchash asboblari
    * o’lchash o’zgartkichlari; 
    * o’lchash qurilmalari; 
    * o’lchash tizimlari. 
    O’lchovlar - keng tarqalgan o’lchash vositalaridan hisoblanadi. 
    O’lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
    o’lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
    shu kabilarni o’lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
    O’lchovlarning ham turlari va xillari ko’p. Standart namunalar va namunaviy 
    moddalar ham o’lchovlar turkumiga kiritilgan. 


    17 
    Standart namuna - modda va maetriallarning xossalarini va xususiyatlarini 
    tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o’lchov sanaladi. 
    Masalan, g’adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
    Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo’ladigan va aniq 
    xossalarga ega bo’lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va 
    hokazolar. "Toza rux" 420
    0
    Ctemperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
    O’lchovlar ko’p qiymatli (o’zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo’lingan 
    chizg’ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o’lchash kolbasi, normal element) turlarga 
    bo’linadi. Ba’zan o’lchovlar to’plamidan ham foydalaniladi. 
    Kattalikning o’lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
    tutishimiz lozim bo’ladi: 
    Ishchi o’lchash vositalari, namunaviy o’lchash vositalari, ishchi etalon, 
    solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi 
    etalon va davlat etaloni. 
    Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
    o’lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
    bo’linadi. Davlat etalonlari namunaviy o’lchov va asboblarni tekshirishda 
    qo’llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 

    Download 1,5 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’lchash vositalari va ularning turlari

    Download 1,5 Mb.
    Pdf ko'rish