10
Xom ashyo va tayyor mahsulotni baholash uchun xususiyat, sifat, sifat
ko’rsatkichi, sifat darajasi va boshqa tushunchalar ishlatiladi.
Mahsulotni xususiyati- bu uning ob’ektiv maxsusligi bo’lib,
ishlab chiqarish
jaryonida vujudga keladi. Har bitta mahsulot ko’p xususiyatlarga ega va shu tufayli
boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Masalan : pivo, Sharbat, spirtsiz ichimliklar.
Mahsulotning sifati - mahsulotlarni xususiyatini yig’indisi bo’lib uni maqsadga
muvofiqligini va ishlatishga yaroqligini bildiradi.
Sifat ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifatini miqdori xarakteristikasi bo’lib, uni
ishlatishga yaroqligini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichi foizlarda (%)- da, ballda, grammda
va xokazolarda beriladi.
Sifatni birlamchi ko’rsatkichi- mahsulotni bitta xususiyatini ifodalaydi, masalan,
aroq
љni quvvati hajmga nisbatan % da beriladi va etil spirtini miqdorini bildiradi.
Sifatni kompleks ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifati bo’lib, bir
qancha
xususiyatlarini bildiradi. Kompleks ko’rsatkich ballda beriladi.
Sifatni bazaviy ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifat ko’rsatkichi bo’lib namunaviy
mahsulotga nisbatan solishtiriladi. Bazaviy ko’rsatkich sifatida maxsus GOST ga va
TY (texnik yo’riqnoma) ga javob beradigan mahsulot hisoblanadi.
Mahsulot sifatini darajasi - bu bazaviy mahsulotni sifat ko’rsatkichini yig’indisini,
tekshirilayotgan mahsulot sifat ko’rsatkichini yig’indisini nisbatiga tushuniladi. Bu
kursatkich % xisobida beriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifat darajasi organoleptik usul bilan belgilanadi va
baxo ballda beriladi.