1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/103
Sana13.12.2023
Hajmi1,5 Mb.
#117611
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр

O’lchash asbobi  deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko’rinishli shaklda 
o’lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga muo’ljallangan o’lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o’lchash vositalari quyidagilarga bo’linadi: 
Shkalali o’lchash vositalari
Raqamli o’lchash vositalari; 
 O’ziyozar o’lchash vositalari. 
2.Ilmiy texnik taraqqiyotning yuksalishi, ishlab chiqarishni maxsuslashtirish, 
mexanizatsiya va avtomatlashtirishni kompleks tadbiq etish, mexnat sifati va ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini ko’tarishning asosiy omillaridan biri – 
standartlashtirish hisoblanadi. Standart – bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar 


18 
kelishuvi asosida ishlab chiqarilgan va ma’lum soxalarda eng maqbul darajali 
tartiblashtirishga yo’naltirilgan xamda faoliyatning xar xil turlarga tegishli bo’lgan 
umumiy va qayta qo’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, 
talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan 
me’yoriy xujjatdir. 
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga 
asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan 
bo’lishi kerak, standartlar darajasiga qarab – xalqaro, mintaqaviy davlatlararo, 
milliy va korxona miqyosida faoliyat ko’rsatadi. 
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqarish va uni ishlab chiqarishga qo’yish 
bosљichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o’zlashtirishni 
tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi 
munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Oziq-ovqat sanoatida standartlashni ob’ektlari bo’lib xom-ashyoni, yarim tayyor 
mahsulot, tayyor mahsulot, qadoqlash va yordamchi materiallar, tahlil usullari
o’lchov birliklari va vositalari, qo’llaniladigan asbob va texnologik uskunalar 
xisoblanadi. Xozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologik jarayoni xam 
standartlashning ob’ekti xisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari o’zining qo’llanilishiga qarab bir necha 
guruxlarga bo’lishi mumkin. 
1.Ishlab chiqarishga kelayotgan mahsulotlar uchun standartlar- bular xom-
ashyoni sifat darajasini belgilaydi. 
2.YArim tayyor va tayyor mahsulotlar uchun standartlar – bu standartlar 
ularning sifatiga bo’lgan talabni belgilaydi. 
3.Namunaviy texnologik jarayonlar, aloxida texnologik operatsiyalarni nazorat 
qilish usullari, mahsulotni qadoqlash qoidalari, ularni tashish va saqlash sharoitlari 
uchun standartlar. 
4.Mexnat va mahsulot sifatini boshqarish kompleks sistemasiga kiruvchi 
korxona standartlari. 


19 
Sifat-mahsulotga me’yoriy xujjatlar tomonidan qo’yiladigan va uning 
mahsulotga bo’lgan talbini qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan xarakteristikalar va 
fazilatlar majmuasidir. 
Standart so’zi inglizcha Standart so’zdan olingan bo’lib, me’yor, o’lcham, 
andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy xujjat nomi bilan yuritiladi 

Download 1,5 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish