Asosiy atamalar va tushunchalar Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan ilmiy- texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni
ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon
bo’ladi.Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va
xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf
qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
Odatda standartlashtirish ob’ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa
(mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun
"mahsulot,jarayon,xizmat" iboralari qabul qilingan bo’lib, buni har qanday
materialga,tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga,
qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng
darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlarning turlari va toifalari O’zbekiston Respublikasi hududida standartlashish ob’ektlariga qo’yiladigan
talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O’zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tarmoq standartlari;
- Texnikaviy shartlari;
- Korxonalarning standartlari;
25
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo’yicha)
shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning
keng doirasiga yaroqli bo’lgan standartdir.