28
molning/ sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat
beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "
sertifikatlashtirish tizimi" bulib u
quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi -
muvofiqlikning
sertifikatlashtirish faoliyatini o’tkazish uchun
ish tartibi qoidalariga va
boshqarishiga ega bo’lgan tizimdir.
"Sertifikatlashtirish tizimi" atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi
/sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: Muvofiqlikning
sertifikatlashtirilishini o’tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi".
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to’g’risida
to’xtalib o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish
tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertiifikatlashtirish
tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan
sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimnng qoidalariga
binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimn boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan
faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish
idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil buladi:
majburiy va
ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki
bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri
asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga
ta’sir ko’rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub
bo’ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqida ega bo’lgan
idora tomonidan
mahsulot jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga
muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
29
Ihtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi
/ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan
sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy
aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni
sifatini yaxshilash, ularning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun
muntazam
ravishda sinovlardan o’tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha
uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko’riladigan
masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining /birinchi tomon/ va
xaridorning /ikkinchi tomon/ manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda
ish ko’radilar.
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlashtirish ishlab
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo’lmoqda va shu sababli bunday yo’l keng
qo’llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon
tarafidan bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni
ko’rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab
chiqaruvchi
assotsiyasiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari
tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar
tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish
tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy
bo’lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy
miqyosida qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo’llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan
o’tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiiqligini qamrab
olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb
hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning,
kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom
30
reaktorlarining va tog’ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash
uchun
texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot
sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab
etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda
bo’lgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida o’z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo
shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish
va shunga o’xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.