46
aniqlashda yoki boshqa eritmalar titrini o’rganishda foydalaniladi. Lekin bu usulda
aniq titrli eritmalar tayyorlash hamma vaqt ham maqsadga muvofiq emas. Masalan,
NCL ning suvdagi aniq eritmasi ma’lum emas. Bu moddaning miqdorini tarozida
aniq tortib olganda ham unda xlorid kislotasining necha grammligini bilish qiyin.
Misolimizdan ko’rinib turibdiki, aniq titrli eritmalar tayyorlash uchun modda
ayrim talablarga javob berishi lozim ekan. Bu talablar quyidagilardan iborat:
— modda kimyoviy toza bo’lishi, Ya’ni undagi begona moddalar miqdori analiz
aniqligiga ta’sir qilmaydigan darajada kam (0,1—0,05 %) bo’lishi kerak.
— moddaning tarkibi formulaga qat’iy ravishda mos kelishi kerak. Masalan,
kristall-gidratlardagi suv miqdori aynan formuladagiday bo’lishi lozim.
— modda qattiq holatda va eritmada saqlash vaqtida turg’un bo’lishi lozim.
— moddaning gramm ekvivalent miqdori iloji boricha katta bo’lishi
maqsadga
muvofiq. Bunday hollarda eritmaning normalligini aniqlash oson bo’ladi.
Keltirilgan talablarga javob beruvchi moddalarni birlamchi yoki standart
moddalar deb atalib, ular yordamida boshqa moddalarning titri o’rnatiladi. Agar
modda yuqoridagi talablarga javob bermasa, avval, uning kerakli normallikka yaqin
taxminiy
eritmasi, bir yo’la boshqa bir standart moddaning aniq titrli eritmasi
tayyorlanadi. So’ngra tayyorlangan eritmalarning biri bilan ikkinchisi titrlanadi va
birlamchi eritma yordamida tayyorlangan yangi eritmaning konsentrasiyasi aniqlanadi.
Masalan, NaON eritmasi konsentrasiyasini shavel kislotasining aniq titrli eritmasi
yordamida topiladi. Qayta kristallash yo’li bilan N
2
C
2
O
4
><2N
2
0 formulaga aniq javob
beradigan kimyoviy toza shavel kislotasini olish mumkin.
Bu kislota eritmasining
konsentrasiyasini tarozida tortib olingan namuna massasini eritma hajmiga bo’lish yo’li
bilan aniqlanadi.
Titrlash yoki og’irlik analizi yo’li bilan konsentrasiyasi aniqlangan titrli
eritmalarni standartlashtiriigan, ayrim hollarda «ishchi» eritma deb ataladi.
Titrometrik analizda birlamchi moddaning ahamiyati qay darajada katta ekanligi
aniq ko’rinib turibdi. Bu moddalar yuqorida keltirilgan talablarga qay darajada
to’laroq javob bersa, ishchi eritmalarning konsentrasiyasi shunchalik aniq bo’ladi
47
va analizlarning xatosi ham kam bo’ladi. Ishchi eritmalarning
konsentrasiyasini
hamma vaqt ham birlamchi moddalar yordamida aniqlanavermaydi. Masalan,
NaOH eritmasining konsentrasiyasini HC1 eritmasi bilan titrlash orqali o’rnatish
mumkin. HC1 eritmasining konsentrasiyasi esa oldindan birlamchi moddaning
titrlangan eritmasi yordamida aniqlangan bo’lishi kerak (2-usul). Bunday usul ancha
qulay, chunki birlamchi moddalar soni kamayadi, moddalarni tozalash va eritmalar
tayyorlashga hojat qolmaydi, vaqt tejaladi. Lekin bu usulning aniqlik darajasi
kamroq bo’lib, ayrim eritmalar konsentrasiyasini aniqlashda yo’l qo’yilgan
xatoliklar bu usulda qo’shib hisoblanadi.
Ayrim hollarda konsentrasiyani eritmalarning gravimetrik analiz qilish yo’li bilan
topiladi. Masalan, NC1 eritmasining konsentrasiyasini AgCl massasini aniqlash yo’li
bilan topish mumkin. Bu tuz NC1 ning AgNO
3
bilan reaksiyaga kirishishi natijasida
hosil bo’ladi.
Titrlangan eritmalar tayyorlash uchun ko’pincha savdoda mavjud bo’lgan
«fiksanal»lardan foydalaniladi. Fiksanal — ichiga 1 litr aniq me’yordagi, masalan
0,1 n. dan 0,05 n. gacha va shu kabi eritmalar tayyorlash uchun quruq moddaning
aniq massasi yoki suyuqlikning aniq hajmi solingan kavsharlangan shisha idish.
Undan eritma tayyorlash uchun ampula ichidagi moddaning hammasini
yo’qotishlarsiz 1 litrli o’lchov kolbasiga solib, uni distillangan suvda
eritiladi va suv
bilan kolba o’lchov chizig’igacha to’ldiriladi. Moddani ampuladan kolbaga
o’tkazish uchun kolba og’ziga voronka qo’yib, uning nozik shishali ostki qismini
sindirish uchun voronkaga shisha igna o’rnatiladi. Ampula ichidagi barcha moddani
kolbaga o’tkazish uchun uning ikkinchi uchini ham shisha igna bilan teshib, suv
purkagich yordamida moddaning qolgan qismini eritib ampuladan chiqariladi.
So’ng kolbadagi eritma hajmini distillangan suv bilan kolba chizig’igacha
to’ldiriladi.
Ishchi eritmalarning konsentrasiyasini aniqlashda va analiz o’tkazishda
titrlashni ikki usulda bajariladi.
48
1.Analiz qilinadigan moddaning tarozida tortib olingan qismini o’lchov
kolbasiga solib, kamroq suvda eritiladi. So’ng eritma hajmini kolbadagi o’lchov
chizig’igacha suv bilan to’ldiriladi. Kolba og’zini shisha
tiqin bilan yopib bir
necha marotaba chayqalgach, pipetka yordamida eritmaning ma’lum qismini
(alikvat qism) olib titrlanadi. Bunday usul pipetkali usul deb ataladi.
2.Moddaning (yoki analiz qilinadigan birikmaning) tarozida tortilgan
qismlarini olib, ixtiyoriy miqdordagi suvda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmalar alohida-
alohida titrlanadi. Bu usul tarozida tortilgan namunalar usuli deb ataladi. Tarozida
tortilgan namunalar usulida hajm bir marta o’lchanib (byuretkada), pipetkali usulga
nisbatan (bu usulda hajm uch marta — o’lchov kolbasi,
pipetka va byuretkada
o’lchanadi) ko’proq aniqlikka erishiladi.
2n>